So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  28 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Farg'ona viloyati Ikkinchi ligasi g'olibi aniqlandi Yangiliklar

Farg'ona viloyati Ikkinchi ligasi g'olibi aniqlandi

Bugun Farg'ona shahrida katta futbol bayrami hukmronlik qildi. Muxtasham "Istiqlol" stadionida Farg'ona viloyati ikkinchi ligasining navbatdagi g'olibi aniqlandi.

"Aytish joizki, final uchrashuviga Farg'ona viloyati futbol associaciyasi yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rdi va viloyat birinchiligi finali alo darajada o'tkazildi. 

Finalgacha bosib o'tilgan yo'l

Bu yilgi Ikkinchi liga bahslari ham xuddi oldingi yillardagi kabi shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Hal qiluvchi uchrashuvga Oltiariqning “Do'stlik” va Quvasoyning “Cementchi” klublari etib kelishdi. 

Ushbu jamoalar 2-liga bahslarini ham yuqori saviyada o'tkazib, o'z guruhlarida birinchi o'rinni qo'lga kiritishgandi. SHuning uchun finalga bo'lgan qiziqish yuqori edi.

Yana o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan “Cementchi” klubi ham sekin-asta o'z mavqeyini tiklab bormoqda. Jamoaning o'zagini yoshlar tashkil etgan bo'lsa-da, quvasoyliklar finalga jiddiy tayyorgarlik ko'rishgandi. Finalda Oltiariqning "Do'stlik" jamoasi g'alaba qozonib, yakunda viloyat chempionligini qo'lga kiritdi.

Taqdirlash marosimida Farg'ona viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Xurshid Axmedov, Viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosirbek Otaqo'ziev, "Neftchi" futbol jamoasi raxbari Zohidjon G'ofurov va "Neftchi" futbol klubi murabbiyi SHerzodbek Hakimov ishtirok etishdi.

O'yindan keyin tashkil etilgan taqdirlash marosimi ham katta bayramga aylanib ketdi. “Do'stlik” jamoasi azolariga viloyat chempionligi munosabati bilan kubok va oltin medallar topshirilgan bo'lsa, “Cementchi” vakillariga 2 o'rin uchun tayorlangan diplom va kumush medallar tantanali ravishda taqdim etildi", – deya xabar berdi Farg'ona futbol associaciyasi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика