Farg'ona derbisida kimning qo'li baland keladi?
19 apr 2014 12:18
Yangiliklar
Farg'ona derbisida kimning qo'li baland keladi?
Bugun O'zbekiston Kubogining 1\16 final bosqichida muxlislarni bir qator qiziqarli o'yinlar kutib turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Xususan Qo'qonda mahalliy “Qo'qon-1912” jamoasi oliy liga vakili “Neftchi”ni qabul qiladi. Mazkur o'yin Farg'ona derbisi bo'ladi. Sir emaski, derbilar qanday maqomdagi o'yin bo'lishidan qatiy nazar doimo murosasiz va keskin kurashlar ostida o'tib kelgan. Bir so'z bilan aytganda ishqibozlar bugun qiziqarli bahsga guvoh bo'ladi.
Qo'shnilarning ushbu to'qnashuvi murosasiz o'tishi tayin. SHu bois uchrashuvga bo'lgan qiziqish yuqori.
Oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan “Qo'qon-1912”ning haqiqiy kuchini bugungi o'yinda ko'rsak ajab emas. Qo'qonliklarni jiddiy sinov kutib turibdi. Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga ham oson bo'lmasligi turgan gap.
Bundan tashqari bugun Kapadze va Ismoilov to'qnashuvi bo'ladi. Ustoz va shogird. Futbolchilik faoliyati davomida Tohir Kapadze qo'li ostida o'ynagan Murod Ismoilov bugun ilk bor murabbiy sifatida ustoziga qarshi birinchi rasmiy o'yinini o'tkazadi. Murod Muzaffarovich jamoasi elita vakili va uning ixtiyorida bir qator mahoratli o'yinchilar bor.
Tohir Kapadze jamoasida esa asosan mahalliy futbolchilar yig'ilgan. Ko'ramiz bugun kimning qo'li baland kelarkin.
Joriy mavsumni “Qo'qon-1912”da tarkibida boshlagan Otabek Haydarov, Nodir Qo'ziboev, Umid Qodirov singari “Neftchi”ning sobiq o'yinchilari bugun ikki barorab kuch bilan o'ynashsa ajab emas.
“Neftchi” ham bugun o'z muxlislarini g'alaba bilan xursand etishga urinishi aniq.
SHuningdek bugungi o'yinga tomoshabinlar tashrifi ham oz bo'lmaydi. Qo'shi Farg'onadan ashaddiy ishqibozlar Qo'qonga tashrif buyurib sevimli jamoasini qo'llab quvvatlashini tahmin qilish mumkin. Xullas 8000 o'rindiqqa ega bo'lgan Qo'qondagi stadionda anshlag ko'rishimiz mumkin.
Eslatib o'tamiz uchrashuv 17:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar