Faoliyatini yakunlagan Ture: "Men yana bir necha yil to'p tepaman"
13 may 2019 12:41
Yangiliklar


Faoliyatini yakunlagan Ture: "Men yana bir necha yil to'p tepaman"
Yarim himoyachi Yaya Ture ijtimoiy tarmoq orqali faoliyatini yakunlashni istamayotgani haqida malum qildi.
Oldinroq, uning agenti Dmitriy Selyuk 35 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlagani va murabbiylik ishiga kirishayotgani haqida elon qilgan edi.
"Bir necha kun oldin kelajagim borasida tushunmovchilik sodir bo'ldi. Bunga aniqlik kiritmoqchiman, futbolni yaxshi ko'raman va yana bir necha yil to'p tepmoqchiman. Murabbiylik licenziyasini olishga qiziqishim bor, ammo hozir bu haqida o'ylamayapman. Hozir yana futbol o'ynashga tayyorman! Havotir olmang, ammo payti kelsa faoliyatimni yakunlaganim haqida o'zim rasmiy bayonot beraman" - deydi Ture.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar