Falkao "Chelsi"ga o'tish uchun maoshi kamayishiga ham rozi

Aslanov Jasurbek
26 may 2015, 13:14
Yozda "Monako"ga qaytadigan "Manchester Yunayted" hujumchisi Radamel Falkao faoliyatini "Chelsi"da davom ettirmoqchi.

Mankunianlar monegasklardan Falkao transfer huquqini sotib olmadi, chunki haftasiga 265 ming funt oladigan futbolchi bildirilgan ishonchni oqlamadi.

"Chelsi" Dide Drogba ketishi munosabati bilan yangi hujumchi qidirmoqda. Falkao londonliklar safida o'ynash uchun haftasiga 200 ming funtdan kam olishga rozi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com