So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  2 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  5 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

FAKTLAR: "So'g'diyona"da g'alabasiz seriya davom etadi. Yaypan osmonida 7ta o'yindan so'ng "qora" bulutlar tarqaldi Yangiliklar

FAKTLAR: "So'g'diyona"da g'alabasiz seriya davom etadi. Yaypan osmonida 7ta o'yindan so'ng "qora" bulutlar tarqaldi

Superliganing 23-turidan o'rin olgan ikkinchi uchrashuv ham yakuniga etdi.

Yaypandagi oqshomda "Turon" - "So'g'diyona" to'qnash keldi. Pro liga eshigi oldida turgan jamoa nihoyat g'alaba qozongan bo'lsa, "So'g'diyona" muvaffaqiyatsizlik girdobidan chiqib keta olayotgani yo'q. Quyida shu va boshqa muhim faktlarga to'xtalib o'tamiz. 

Turon

Xurshidbek Muxtorov - 58'

Superliga. 23-tur

26/10/2023, 18:15

0
:
1
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
58'  Xurshidbek Muxtorov

— "Turon"ning 7 o'yinlik g'alabasiz seriyasi yakuniga etdi. Jamoa so'nggi marotaba 5 avgust kuni Superliga doirasida Yaypanda "Nasaf"ni mag'lubiyatga uchratgan edi.

"Turon" - "Nasaf" 1:0
5 avgust 2023 yil. Yaypan, "O'zbekiston" stadioni. 20:00
Hakamlar
: Sultonmurod Abdurahmonov, Obid Jumaev, Jasur Rustamov, Nikita Mustafin.
Nazoratchi: Timur Galeev.
Komissar: SHohruh Said.

Gol: 1:0 — 22, Humoyun Murtozaev (Abdulazizxon Abdurashidov)

 

"Surxon" - "Turon" 1:0

"Turon" - "Bunyodkor" 1:2

"Olimpik" - "Turon" 2:0

"Turon" - "Nasaf" 1:2 (O'zbekiston kubogi)

"Navbahor" - "Turon" 5:0

"Turon" - "Metallurg" 1:1

"Paxtakor" - "Turon" 3:0

— "So'g'diyona"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 6ta o'yinga etdi. Ivan Boshkovich shogirdlari 26 avgust kuni "Navbahor"ni mag'lub etgandan so'ng hali 3 ochko qo'lga kirita olgani yo'q. 

"Metallurg" - "So'g'diyona" 3:1

"So'g'diyona" - "Paxtakor" 1:1

"Qizilqum" - "So'g'diyona" 4:2

OKMK - "So'g'diyona" 3:2

"So'g'diyona" - "Andijon" 1:2

"Turon" - "So'g'diyona" 1:0

— "So'g'diyona" mehmonda 6ta o'yindan buyon raqibini taslim qila olmayapti. Jamoa so'nggi bor 30 iyul kuni Toshkentda "Bunyodkor" ustidan zafar quchgandi. 

— Xurshid Muxtorov bu mavsum "Turon" libosida 3 golini urdi. Bu o'yinlarda uning jamoasi 4 ochko ishladi.

— Tarix takrorlandi. "So'g'diyona" mehmonda "Turon"ga gol urishni uddasidan chiqa olmayapti. 2021 yil ilk bor Yaypanga kelgan jizzaxliklar ortga 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan  qaytgandi. 

2021 yil. Superliga 15-tur

"Turon" - "So'g'diyona" 1:0

Gol: Fozil Musaev 24

Malumot uchun, "So'g'diyona" navbatdagi uchrashuvini 4 noyabr kuni o'z maydonida "Buxoro"ga, "Turon" esa 1 noyabr kuni mehmonda OKMKga qarshi o'tkazadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика