FAKT! "Surxon" joriy mavsum 10 kishi bo'lib qolgan o'yinlarda yutqazmagan, jamoaning jami 4 nafar futbolchisi chetlatilgan
04 avg 2023 23:22
Yangiliklar


FAKT! "Surxon" joriy mavsum 10 kishi bo'lib qolgan o'yinlarda yutqazmagan, jamoaning jami 4 nafar futbolchisi chetlatilgan
Biroz avval "Andijon"ga qarshi bahsda (0:0) "Surxon" futbolchisi Behruz SHaydulov maydondan chetlatilgandi.
Mazkur qizil kartochka termizliklar uchun joriy mavsumdagi to'rtinchisi sanaladi. Qiziq jihati, Sergey Arslanov shogirdlari 10 kishi bo'lib harkat qilgan to'rt uchrashuvda ham mag'lubiyatga uchramagan.
Eslatib o'tamiz, SHaydulovdan tashqari Tamirlan Jamalutdinov ("Buxoro", 2:0), Asadbek Karimov ("Bunyodkor", 1:0) hamda Kamron Saidazimov ("Metallurg", 1:0) ham o'yinni muddatidan avval yakunlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar