FAKT. "Neftchi" 8 yildan beri Farg'onada "So'g'diyona"ni yuta olmayapti
11 avg 2023 13:19
Yangiliklar


FAKT. "Neftchi" 8 yildan beri Farg'onada "So'g'diyona"ni yuta olmayapti
Bugun Superliganing 16-turi doirasida navbatdagi uchrashuvlar o'tkaziladi.
Ligada mag'lubiyatsiz odimlayotgan "Neftchi" Farg'onada Ivan Boshkovich boshchiligidagi "So'g'diyona"ni qabul qiladi. Mezbonlar so'nggi marotaba o'z maydonida jizzaxliklarni 2015 yilgi mavsumda mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgan (4:1). Keyingi 5ta uchrashuvning 4tasida "So'g'diyona" g'alaba qozongan bo'lsa, 1ta bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan.
Farg'onadagi so'nggi 5ta o'yin
16.04.2016. "Neftchi" - "So'g'diyona" 4:1
22.09.2017. "Neftchi" - "So'g'diyona" 1:1
22.05.2018. "Neftchi" - "So'g'diyona" 0:2
09.11. 2018. "Neftchi" - "So'g'diyona" 0:1
18.03.2022. "Neftchi" - "So'g'diyona" 1:2
O’xshash yangiliklar

Fikrlar