Superliga. Argentinadan ilhomlangan "Neftchi" "Buxoro"ni taslim qildi

Sherzod Nurmatov
16 iyul 2026, 22:04
Superliga 12-turidan o'rin olgan to'qnashuvlarga boy bahs poyoniga etdi.

Superliga

12-tur

"Neftchi" – "Buxoro" 2:1

Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 20:00

Gollar: Stipe Perica (Farruh Sayfiev) 82’, Jamshid Iskanderov (Yovan Jokich) 86’ – Xurshid Muxtorov penalti 8’

Bosh hakam: Ahror Risqullaev

Yordamchi hakam: Alisher Usmonov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Xusan Hudoyberdiev

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev

“Neftchi”: 1.Botirali Ergashev, 2.Izzatillo Po'latov (34.Farruh Sayfiev, 46), 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abror Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich (9.Xurshid G'iyosov, 67), 21.Muhsin Ubaydullaev (10.Jamshid Iskanderov, 46), 22.Alisher Odilov (77.Ratino, 46), 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich (18.Stipe Perica, 74).

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 11.Asilbek Jumaev, 27.Nurbek Sarsenbaev, 30.Rustambek Fomin.

“Buxoro”: 12.Umidjon Hamroev, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 11.Timur Mamasidiqov (25.Sherzod Esanov, 78), 17.Javohir Ro'ziev (77.Asilbek Qayyumov, 90), 22.Asadbek Jo'raboev (10.Shahzod Ubaydullaev, 66), 27.Muhammad Yo'ldoshev, 30.Boyan Mladovich, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich (14.Islom Baratov, 66), 97.Shahboz Jo'rabekov (4.Nodir Ahmadjonov, 90).

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 5.Sardor Qulmatov, 8.Anvarjon Jo'raev, 9.Nika Kacharava.

Ogohlantirishlar: Muhsin Ubaydullaev (6), Yovan Jokich (49), Farruh Sayfiev (84), Xurshid Muxtorov (90+2), Jamshid Iskanderov (90+2).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+6. Zarbaa! Qayyumovning olisdan bergan kuchli zarbasini Ergashev qaytardi.

90+2. Sardorlar Muxtorov va Iskanderov ogohlantirildi.

90. Ikkinchi taymga 8 daqtqa qo'shildi.

90. Maydonda yana tortishuv yuzaga keldi. Barchasi Ismoilov va Ahmadjonov to'qnashuvidan keyin boshlanib ketdi.

90. “Buxoro”da 2 ta o'zgarish: Jo'rabekov o'rniga Ahmadjonov, Ro'ziev o'rniga Qayyumov bahsni tugatib qo'yadi.

86. GOL! Jokich tovoni bilan chiroyli pas berdi, Iskanderov pastki burchakni nishonga oldi - 2:1!

84. Farruh Sayfiev kichik fol ishlatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

84. Uuux! Sayfievning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Jokich bosh bilan zarba berdi, sal noaniq.

82. GOL! Sayfievning zarbasidan so'ng Perica chap oyoqda to'pni darvozaga yo'naltirib qo'ydi - 1:1!

81. “Neftchi” tinimsiz hujum uyushtirmoqda, biroq yakuniy nuqta yetishmayapti.

78. “Buxoro”da o'zgarish: Mamasidiqov o'rniga Esanov tushirildi.

75. Zarbaaa! Ratinoning zarbasidan keyin Hamroev zarbani bartaraf etdi.

74. “Neftchi”da o'zgarish: Marushich o'rniga Perica maydonga tushdi.

73. Zarba! Ismoilovning zarbasi rikoshet orqali Hamroevga kelib tushdi. To'p havodan noqulay uchib keldi, ammo posbon uni egallashga erishdi.

68. O'yin to'xtatildi. Futbolchilar suv ichib olishadi.

67. “Neftchi” almashtirish: Yovovich o'rniga G'iyosov uchrashuvni davom ettiradi.

66. “Buxoro”da almashtirish: Rodich o'rniga Baratov, Jo'raboev o'rniga Ubaydullaev tushirildi.

64. Yaxshi o'ynab turgan Asadbek Jo'raboevga tibbiy yordam ko'rsatildi, uni zambilda olib chiqib ketishdi.

60. “Neftchi” hujumni kuchaytirmoqda, biroq “Buxoro” himoyada ishonchli o'ynamoqda.

56. Zarbaaa! Iskanderovning pasidan keyin Yo'ldoshev kuchli zarba berdi, sal noaniq.

55. Uuux! Yovovichning olisdan bergan zarbasidan so'ng Hamroev ishonch bilan to'pni egallab oldi.

52. Uuux! Xayrullaevning kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

51. Marushichning pasidan so'ng to'p maydonda yotib qolgan Muxtorovning qo'liga tegdi, biroq bu holatda penalti yo'qligi qayd etildi. VAR ham vaziyatni ko'rib chiqdi va qoida buzish yo'qligini ma'lum qildi.

49. Jokich Jo'raboevni yiqitdi va sariq kartochka oldi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. “Neftchi”da 3 ta o'zgarish: Po'latov o'rniga Sayfiev, Ubaydullaev o'rniga Iskanderov, Odilov o'rniga Ratino bahsga qo'shildi.

Birinchi bo'lim poyoniga etdi - 0:1. Tanaffus!

45+2. To'p jarima maydonchasi ichida Kirill Todorovning qo'liga tegdi, ammo hakam bu yerda penalti yo'q deb topdi. “Neftchi” futbolchilari va muxlislari norozi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Alisher Odilov jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi va hakamga qaradi. Bosh hakam o'yinni davom ettirish lozimligini aytdi. Takroriy lavha ko'rsatdiki, qoida buzilgan taqdirda ham, bu penalti emas, balki jarima zarbasi bo'lardi…

39. Uuux! Jokichning bosh bilan bergan zarbasidan keyin Muxtorov darvoza chizig'i ustida zarbani qaytarib qoldi, u jamoasini muqarrar goldan asradi.

37. Yo'ldoshev asabiylashgan holda Ro'zievni turtdi, biroz o'tib ular bir-birlariga qo'l berib qo'yishdi.

35. Aliboev ortdan turib Ro'zievga nisbatan biroz qo'pol o'ynadi, fol.

31. Zarbaaa! Ravshan Xayrullaevning zarbasidan keyin Bootirali Ergashev zarbani bartaraf etdi, ajoyib seyv!

29. Uuux! Rodichning kuchli zarbasidan keyin to'p rikoshet orqali maydonni tark etdi.

28. Ismoilovning qanotdan oshirib bergan to'piga dastlab himoyachi, so'ng darvozabon Hamroev ega chiqdi.

25. Cooling break: bosh hakam tanaffus e'lon qildi

24. Zarba! Ro'ziev ancha uzoqdan daovoza tomon zarba berishga harakat qildi, noaniq.

24. Ahror Risqullaev asabiylashayotgan “Neftchi” ustozi Islom Ismoilovni og'zaki ogohlantirdi.

23. Yovovichning jarima zarbasidan bergan uzatmasidan keyin to'p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

21. Ismoilov Yo'ldoshev bilan to'qnashuvda penalti so'rab, yiqildi. Bosh hakam o'yinni davom ettirish lozimligini uqtirdi.

17. Zarba! Ibrohimhalil Yo'ldoshev olis masofadan zarba berib ko'rdi, ammo to'p mo'ljalga aniq bormadi.

16. Ismoilovning yaxshi o'ylangan pasidan so'ng buxorolik himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

12. Mamasidiqov Yo'ldoshevni qanotdan oldinga boshlamoqchi bo'ldi, ammo sherigi uni tushunmadi, to'p kyetib qoldi…

10. Zarbaaa! Rodich yaqin masofadan kuchli, ammo noaniq zarba yo'lladi.

8. GOL! Xurshid Muxtorov penaltidan to'p kiritib, hisobni ochdi - 0:1!

7. Penalti! Mladovichning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p Jokichning qo'liga tegdi.

6. Ubaydullaev tezlikda o'zib ketayotgan Jo'raboevni yiqitdi va sariq kartochka oldi.

3. Zarbaa! Odilovning aylanma zarbasiga sal aniqlik yetishmadi.

1. Uchrashuv boshlandi!

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia