Fakt: "Buxoro" o'z maydonida gol o'tkazmasdan uchinchi g'alabasiga erishdi
07 apr 2018 10:51
Yangiliklar


Fakt: "Buxoro" o'z maydonida gol o'tkazmasdan uchinchi g'alabasiga erishdi
Kecha bo'lib o'tgan "Buxoro" - "Paxtakor" bahsida maydon egalari 1:0 hisobida zafar quchishdi.
SHu tariqa "Buxoro" o'z maydonida o'tgan uchinchi o'yinda uchinchi g'alabasini nishonladi. Ulug'bek Baqoev shogirdlari bungacha "Qo'qon-1912"ni 1:0 va "So'g'diyona"ni 3:0 hisobida mag'lub etishgandi.
Endi bo'lsa "Paxtakor" ham mag'lub etildi. Qizig'i shundaki, "Buxoro" safar o'yinlarida g'alaba qozona olmayapti. Jamoa Qarshida "Nasaf" va Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'lib, bir xil 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
Lekin uydagi o'yinlarda buxoroliklar ancha shiddatli harakat qilishmoqda. Superligada o'z maydonida gol o'tkazmagan "Buxoro"dan tashqari yana uchta jamoa bor: "Metallurg", "Navbahor" va "Qo'qon-1912".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar