Fayzullo Hasanovdan rekord yoxud eng yuqori ball qo'ygan nazoratchi Popov bo'ldi!
08 noy 2014 13:10
Yangiliklar
Fayzullo Hasanovdan rekord yoxud eng yuqori ball qo'ygan nazoratchi Popov bo'ldi!
Nihoyat kecha, katta karvon manzilga etib keldi. Endilikda "jo'jalar"ni ham sanash payti boshlandi.
Bugun 26-turda ishlagan hakamlarning olgan baholari etiborimizni tortdi. Xususan, Bekobodda kechgan "Metallurg" - "Mashal" o'yinida 10 ball olgan hakam kuzatildi. Yani uchrashuv nazoratchisi Aleksandr Popov shu kuni yon chiziqda laynsmenlik qilgan Fayzullo Hasanovga eng yuqori bahoni qo'ydi.
Takidlash lozimki, shu kungacha hech bir hakam 10 ball olmay kelayotgandi. Xattoki FIFA referilari ham. Lekin kechagi o'yinda Hasanovning ishi 10 ballga loyiq ko'rildi. Demak, namanganlik hakam o'z ishini hech qanday xatosiz bajargan.
Umuman olganda Aleksandr Popov shu kuni boshqa hakamlarga ham 9dan kam bo'lmagan ball qo'ygani etiborga molikdir. Demak, mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchgan bahsda hakamlar o'z ishini yaxshi bajargan.

Fikrlar