So’nggi yangiliklar

22:06Вадим Абрамов: "Гол ўтказилганида хато бутун жамоаники бўлади"  0 22:00РПЛ. ЦСКА "Краснодар" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  6 21:59Суперлига. "Насаф" марказий ўйинда пенальтидан урилган гол эвазига "Пахтакор"ни мағлуб этди  67 21:40Суперлига. "Нефтчи" - "Динамо" 3:2  0 21:37РПЛ. "Оренбург" ва "Акрон" жанговар дуранг қайд этди, Эсанов эса...  1 21:08"Тоттенхэм" 55+10 млн фунтлик трансферни амалга оширди  0 21:00Суперлига. Фарғонада 5 та гол урилган оқшомда "Нефтчи" "Динамо"дан устун келди  33 20:18Алексис Санчес собиқ клубига қайтди  0 19:21"Насаф" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  7 19:00Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед"  4 18:28МЮ "Бавария"нинг икки футболчисини сотиб оляпти  6 17:31"Барселона" Олимпиаданинг энг яхши футболчиси нархини 1 млрд. еврога ошириб қўймоқчи  5 16:30Гвардиол Манчестер об-ҳавоси ва "Сити"да унга отасидек бўлиб қолган инсон ҳақида гапирди  1 16:25"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Сайдуллаев Лазизбек  0 16:20Максим Шацких ва ниҳоят "Насаф"ни мағлуб эта оладими? "Насаф" - "Пахтакор" тўқнашувига превью  13

Superliga. "Nasaf" markaziy o'yinda penaltidan urilgan gol evaziga "Paxtakor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" markaziy o'yinda penaltidan urilgan gol evaziga "Paxtakor"ni mag'lub etdi

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

"Nasaf" — "Paxtakor" 1:0
10 avgust 2024 yil. Qarshi, "Markaziy" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Sultonmurod Abdurahmonov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Maruf Tilloev
VAR: Davron Akmalov
AVAR: Aleksandr Burov
Nazoratchi: Jahongir Saidov
Komissar: Bekzod Aripov. 

Gol: 1:0 — 63, Javohir Sidiqov (penalti).

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Javohir Sidiqov (88.Marko Stanoevich, 65), 10.Bobir Abdixoliqov (32.Zoran Marushich, 86), 19.Stefan Kolovich (21.Doniyor Narzullaev, 86), 22.Igor Golban, 34.SHerzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (4.Dilshod Komilov, 77), 77.Oybek Bozorov (23.Kuach Yuel, 77).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 3.SHohjahon Sultonmurodov, 6.Murodbek Rahmatov, 44.SHahzod Akramov.

"Paxtakor": 35.Pavel Pavlyuchenko, 4.Abdulla Abdullaev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Xojiakbar Alijonov, 9.Ibrohim Ibragimov (8.Diyor Xolmatov, 70), 17.Dostonbek Hamdamov (99.Ulug'bek Hoshimov, 46), 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 30.Otabek Jo'raqo'ziev (10.Dragan CHeran, 70), 44.Mahmudjon Mahammadjonov (33.Doniyor Abdumannopov, 46), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 15.Diyorbek Ortiqboev, 31.Muhammadali Usmonov, 40.Kimi Merk, 77.Dilshod Saitov.

Ogohlantirish: Javohir Sidiqov (40), Zafarmurod Abdirahmatov (58), Muhammadqodir Hamraliev (61).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. Mezbonlarning hujumini Pavlyuchenko qaytardi.

Pavlyuchenko jamoaning Superligadagi so'nggi ikki o'yinida zaxirada qolgandi, biroq muhim o'yinda u yana asosiy tarkibga qaytdi.  Belaruslik posbon iyun oyida terma jamoaga chaqirildi va Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinda to'liq harakat qildi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

90. Nematov ketma-ket ikkita hujumda seyv amalga oshirdi. 

Abduvohid Nematov yaqinda Parij Olimpiadasida ikkita uchrashuvda O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi darvozasini qo'riqlab, Ispaniyaga qarshi o'yinda penaltini qaytardi hamda ikki o'yinda raqiblarining jami 20 ta xavfli hujumini bartaraf etdi. Nematov nafaqat penaltilar qaytarishga usta, balki penaltidan gol urishda ham mohir sanaladi. Jumladan, u O'zbekiston Superkubogi doirasida jamoasining hal qiluvchi zarbasini aynan Pavlyuchenko darvozasi tomon aniq amalga oshirgandi.

86. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

83. Abdixoliqov o'ng qanotdan uzatilgan to'pga zarba yo'llay olmadi.

Bobir Abdixoliqov joriy mavsum Superligada o'z hisobiga to'rtta gol yozdirib qo'ydi. Ularning uchtasi "Lokomotiv" darvozasidan o'rin olgan. Hujumchi "Paxtakor"ga qarshi so'nggi ikki o'yinda zaxiradan maydonga tushirilgandi, bugun esa boshlang'ich tarkibdan o'rin oldi.

78. Nasrullaev Alijonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

SHerzod Nasrullaev himoyachi bo'lishiga qaramay, so'nggi vaqtlarda goleadorlar qobiliyatini ishga solmoqda. Jumladan, davralar oralig'ida "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi. SHuningdek, u o'tgan oyda Superliga doirasida "Navbahor" darvozasiga yo'l topgandi. Futbolchiga Eronning "Traktorsozi" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar ham bong urdi.

77. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish: Bozorov va Jigauri o'z o'rnini jamoaning yangi azolari Yuel va Komilovga bo'shatib berdi.

70. "Paxtakor" tarkibida yana ikki o'zgarish: Jo'raqo'ziev va Ibragimov o'rniga CHeran va Xolmatov uchrashuvni davom ettiradi.

65. "Nasaf" tarkibida o'zgarish: hozirgina hisobni ochgan Sidiqov o'rniga Stanoevich maydonga tushirildi.

Marko Stanoevich yozda 36 yoshni qarshi oldi, shunga qaramay, ko'p yillardan beri hamon "Nasaf"ning ishonchli legionerlaridan biri bo'lib turibdi.

63. GOL! Javohir Sidiqov penaltidan hisobni ochdi. "Nasaf" yarim himoyachisi darvozaning chap quyi burchagini aniq nishonga oldi. Pavel Pavlyuchenko to'p yo'nalishini topdi, biroq zarbani qaytara olmadi.


61. Penalti belgilandi. Hamralievga sariq kartochka ko'rsatildi. Siddiqov to'p yonida. 

Muhammadqodir Hamraliev ham O'zbekiston OTJ safida Parij Olimpiadasida ishtirok etdi va jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi. To'g'ri, u Misrga qarshi o'yindagi xatosi sababli tanqidlarga uchradi, biroq maydondagi xatti-harakatlari jihatidan yomon taassurot qoldirmagandi, nazarimda. Biroq bugunko'p xatoga yo'l qo'ymoqda.

58. Zafarmurod Abdirahmatov hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

57. Bobir Abdixoliqov raqib jarima maydoni yiqildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi. VAR aloqaga chiqdi. Hakam monitor yoniga keldi. Bahsli holat.

55. Mezbonlar xavfli hujum tashkil etishdi, biroq hujumda qo'pollik sodir etildi deya baholandi. 

SHackix ikkinchi bo'lim avvalidayoq ikki o'zgarishni amalga oshirdi. 2022 yil yozida "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida tayinlangan Maksim SHackix shu kunga qadar "Nasaf"ga qarshi 6 bahsda ishtirok etdi. Qizig'i shundaki, u hali biror marotaba "ajdarlar"ni mag'lub eta olmayapti, 6ta bahsda 4 ta durang va 2 ta mag'lubiyat.

47. Alijonovning uzoqdan yo'llagan zarbasini Nematov egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Paxtakor" tarkibida ikki o'zgarish ro'y berdi: Mahammadjonov va Hamdamov o'rniga Abdumannopov va Hoshimov maydonga tushdi.

Taym yakunlandi. Tanaffus.

45+1. Kolovichning olis masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.

Stefan Kolovich Serbiyaning "Radnichki Nish" klubidan "Nasaf" tarkibiga kelib qo'shildi. U Transfermarkt portalida 600 ming evroga baholangan.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Jo'raqo'zievning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

Otabek Jo'raqo'ziev ham "Paxtakor"ga kelib qo'shildi. Olimpiya terma jamoasining bir necha yillik futbolchisi Parijdagi yakuniy ro'yxatdan tushib qolgandi.

40. Javohir Sidiqov Umar Adhamzodaga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

39. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning burchakdan uzatmasi Golbanning xavfli, ammo noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

Golban "Nasaf" safidagi oxirgi golini 2018 yil urgandi.

37. Xavfli vaziyat! Abdirahmatovning yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Pavel Pavlyuchenko egallab oldi.

Zafarmurod Abdirahmatov Parij Olimpiadasi ishtirok etib, Ibrohimxalil Yo'ldoshevning yo'qligini bilintirmaslik maqsadida o'ziga noqulay qanotda o'ynashga majbur bo'lgandi.

34. Xavfli vaziyat! Mahammadjonovning xavfli uzatmasini Nematov katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi, aks holda  Jo'raqo'ziev zarba yo'llashga chog'lanib turgandi.

Qarshidagi "Markaziy stadion" tribunasida uchrashuv boshlanishidan avvalgi holat.

31. Mezbonlarning burchakdan uzatmasi Abdixoliqovning zarbasi bilan yakunlandi. "Nasaf" hujumchisining bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

28. Mehmonlarning burchak uzatmasi Abdumajidovning zarbasi bilan yakunlandi.

Burchak zarbalari bo'yicha ko'rsatkich: 1-5

25. Hamdamov "Nasaf" darvozabonining oldinga chiqib ketganidan foydalanib, uzoq masofadan bo'sh qolgan darvozani nishonga oldi, biroq uning urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Doston Hamdamov "Paxtakor"ning birinchi davradagi eng yaxshi assistenti bo'lib turibdi. Uning hisobida Superliga doirasida 4 ta golli uzatma mavjud. SHuningdek, Hamdamov klubning ikkinchi to'purari bo'lib turibdi.

23. Futbolchilar suv ichib olishi uchun kichik tanaffus yuzaga keldi.

"Paxtakor"dan ajoyib harakat! Jamoa o'yinchilari 1979 yilgi fojia qurbonlarining xotirasi sharafiga ularning nomlari yozilgan liboslarda maydonga chiqishdi.

22. Mezbonlar tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasi nihoyatda yuqorilab ketdi.

19. "Nasaf"ning birato'la to'rt nafar futbolchisi maydonda yotibdi. Ular to'qnashuvda ishtirok etishdi. Biri esa raqib zarbasiga to'g'anoq bo'lgani uchun og'riq sezdi.

15. Zarba! Sobirxo'jaev olis masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, biroq uning urinishi noaniq ko'rinish oldi.

Sardor Sobirxo'jaev diskvalifikaciya sababli "Nasaf"ga qarshi O'zbekiston Superkubogini o'tkazib yuborgandi. Qashqadaryoliklar safida esa G'olib G'aybullaev xuddi shunday holatga yo'liqqandi. Bugun ikkala futbolchi ham asosiy tarkibda maydonga tushdi.

11. Xavfli vaziyat! Mehmonlarning yon chiziqdan uzatmasini G'aybullaev qaytarishda sustkashlikka yo'l qo'ydi, natijada Hamdamov yaqin masofadan xavfli zarba yo'lladi, biroq unga aniqlik etishmadi.

9. "Paxtakor"ning xavfli hujumini Golban bartaraf etdi. Burchak uzatmasidan so'ng ikki jamoa futbolchilari o'rtasida to'qnashuv yuzaga keldi.

Darvoqe, Igor Golban "Paxtakor"ga qarshi Superkubokda maydonga tushirilmagandi.

8. Ofsayd! Mezbonlar futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

7. "Nasaf" futbolchilarining standarti mehmonlar tomonidan bartaraf etildi. Qarshi hujumda esa Sobirxo'jaev to'xtatib qolindi.

5. Xavfli vaziyat! Mahmudjon Mahammadjonovning chap qanotdan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi va Nematovni biroz sarosimaga soldi.

Mahmud Mahammadjonov yozgi transferlar oynasida "Bunyodkor"dan "sherlar" safiga kelib qo'shildi.

2. Stefan Kolovichga nisbatan o'yin qoidasi buzildi.

Bugun "Nasaf" qizil, "Paxtakor" oq liboslarda harakat qiladi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Uchrashuv 1979 yil 11 avgustda halokatga uchragan "Paxtakor" afsonalari xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Turning markaziy uchrashuvini "Paxtakor"ning ikki nafar futbolchisi Abdurauf Bo'riev va SHahzod Azmiddinovlar o'tkazib yuboradi.

Jamoalarning so'nggi to'qnashuv uch oy avval O'zbekiston Superkubogi finali bahsiga to'g'ri kelgan edi. 29 may kuni "Bunyodkor" o'tkazilgan uchrashuvda "Nasaf" penaltilar seriyasida 3:4 hisobida "ajdarlar"ning qo'li baland kelgan.

Bellashuvlar tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, chempionatlarda jamoalar jami 52 marta o'zaro bahs olib borishgan. Ularning 30 tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo'lsa, 11 bellashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshiliklar esa 11 o'yinda g'alaba qozonishgan. Raqib darvozasini 79 bor ishg'ol qilgan "sherlar" darvozasidan 48 gol o'tkazib yuborgan.

Qarshidagi 27 to'qnashuvda esa "Paxtakor" 9 g'alaba, 8 durang va 9 mag'lubiyat qayd etgan. 26 gol urgan poytaxt klubi o'z darvozasidan 33 to'p o'tkazib yuborgan. Qarshidagi o'yinlardagi g'alabalarda tarozi pallasi teng kelib turibdi. Bugun esa ikki jamoadan biri ustunlikni o'z tomoniga og'dirishi mumkin.

Jamoalar Qarshi shahridagi "Markaziy" o'yingohiga etib kelishdi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun 15-turning markaziy uchrashuvini birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

+7   
10 avg 21:27:51
Bekzod Sharipov
Neytral muxlis sifatida shaxsiy fikrim. Penalti yo'q bu yerda. Bu shashka emas. Yelkama yelka kurash. Sal turtib yuborish normal holat. Himoyachi kuzatib turmaydi bu vaziyatda. Hakamlar o'yinga ta'sir o'tkazdi. Xato qilishdi. Sharhlovchi ham neytral shahlasin. Penalti yo'q. Oyoqda ham kontakt yo'q edi
+6   
10 avg 21:05:55
Привет
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Майдон майсаси хозирдан ола - бўжику!
NASAF ни полясини айтаябсизми, Пахтакорда шу хам йукку 2 даврада Бунёдкор стадионидан фойдаланишади дейишяпти !!!
+6   
10 avg 20:20:52
Тўлқин Хайит
Ҳозирча Пахтакорни ўйини сифатлироқ кўринаяпти. Насафда браклар кўп.
+4   
10 avg 22:08:44
Sodiq Nazarov
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Насаф стадиони ҳозирги кунда Ўзбекистонда номер бир. Мен шуни назарда тутгандим. Сиз бўлса ўзийизча нималарни ҳаёл қилиябсиз. Бари бир инсон даражасига қараб фикирларканда!
Фиску фасод таркатиб булдиз яна даража хакида гапирганиз ортикча
+4   
10 avg 21:07:54
Sodiq Nazarov
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Майдон майсаси хозирдан ола - бўжику!
Пахтакорни майсаси канака??? Борми узи (((((
+4   
10 avg 21:03:20
Gaz Volga
Yangi leganer xam Nasafbop uyinchi ekan. engil vazinli tezkor bola ekan qisqa paslarda ajoyib uynab quyarkan.bazida tushnmovchiliklari xam yoq emas.bugin uni 1chi uyini.jamoga yaxshi kerishib ketsa Nasafda yana bitta bozorov urivenidagi futbolchi paydo buladi
+4   
10 avg 19:56:04
barselona7
Омад Насаф.
+4   
10 avg 19:46:15
Ўзбек футболининг муҳлиси
Бир биримизни ҳақорат қилиш йўқ, иккала жамоага омад! Кучлиси ютсин!!!
+3   
10 avg 22:14:14
Gaz Volga
Тўлқин Хайит foydalanuvchining fikriga javob berish
Насафни янги легионерлари... Яна ўша гапми дийман?
Uyonni yaxshilab sinciklab korganezda bunday demasdez Kolivich degani vashe zur uynarkan tezkor bola ekan.tugri negr bola pro ligamizgayam tortmaydi shekili
+3   
10 avg 22:08:48
Абдугаффор . N
Насаф чемпионликни кулга киритади насиб булса! Омад Насафга! (Нефтчи мухлиси)
+3   
10 avg 21:50:27
Тўлқин Хайит
Насафни янги легионерлари... Яна ўша гапми дийман?
+3   
10 avg 21:39:08
Botir Saidov -1975
///////MG/////// foydalanuvchining fikriga javob berish
ОНАНГНИ ОМИДАН КУРЯАПМАН ТОПДИМ ТВАР РАХМАТ ЖОВОБИНГ УН.
Onani nimaga qòşvossan itni bolasi valadi zino...xaromi..sani onangni yozdimmi itdan tarqagan...xazilni şunmadingmi qişloqi...
+3   
10 avg 21:31:32
Joхa 202
Bekzod Sharipov foydalanuvchining fikriga javob berish
Neytral muxlis sifatida shaxsiy fikrim. Penalti yo'q bu yerda. Bu shashka emas. Yelkama yelka kurash. Sal turtib yuborish normal holat. Himoyachi kuzatib turmaydi bu vaziyatda. Hakamlar o'yinga ta'sir o'tkazdi. Xato qilishdi. Sharhlovchi ham neytral shahlasin. Penalti yo'q. Oyoqda ham kontakt yo'q edi
Penalty 100% bor edi
+3   
10 avg 21:30:34
real ichingni yondiradi
Bekzod Sharipov foydalanuvchining fikriga javob berish
Neytral muxlis sifatida shaxsiy fikrim. Penalti yo'q bu yerda. Bu shashka emas. Yelkama yelka kurash. Sal turtib yuborish normal holat. Himoyachi kuzatib turmaydi bu vaziyatda. Hakamlar o'yinga ta'sir o'tkazdi. Xato qilishdi. Sharhlovchi ham neytral shahlasin. Penalti yo'q. Oyoqda ham kontakt yo'q edi
Neytral ekansiz demak siz Namanganliksiz menimcha
+3   
10 avg 21:23:07
Muxammadumar Inomjonov
100% penalty
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика