So’nggi yangiliklar

18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  0 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  1 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  0 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  0 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  5 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  1 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  4 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  11 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  4 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  13

Superliga. OKMK so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Navbahor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. OKMK so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Navbahor"ni mag'lub etdi

Superliga 15-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

Superliga

15-tur

OKMK

Kleydi Datsi - 18', Mixael Klepach - 90'

Superliga. 15-tur

12/08/2024, 19:00

1
:
2
Tugadi

Navbahor

Filip Ivanovich - 74'

45'
90'
18'  Kleydi Datsi
71'  Mirjamol Qosimov (Aziz Xolmurodov)
71'  Ruben Sanchez (Nodir Abdurazzoqov)
73'  Akrom Komilov
78'  Dilshod Ahmadaliev
85'  Kleydi Datsi (Ali Abdurahmonov)
85'  Arixiro Sentoku (Mixael Klepach)
90'  Xurshid G’iyosov (Irakli Ruxadze)
90'  Mixael Klepach
90'  Dilshod Ahmadaliev
24'  Giorgi Nikabadze
53'  Siyavash Haqnazariy (Komiljon Tojiddinov)
53'  Azim Ahmedov (Ruslanbek Jiyanov)
74'  Filip Ivanovich
87'  Abror Ismoilov (Asadbek Jo'raboev)
88'  Jamshid Boltaboev

OKMK – "Navbahor" 2:1  

12 avgust. Olmaliq. OKMK stadioni. 19:00

Gollar: Kleydi Daci 18', Mixail Klepach (Dilshodbek Ahmadaliev) 90+8' – Filip Ivanovich 74'

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Islom Azimov, SHerzod Azamov, Xushnud Suyunboev

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: SHohruh Azamov

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

Komissar: Diyor Xotamqulov

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 2.Akramjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (18.Aziz Xolmurodov, 71), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Ruben Sanches (77.Nodirbek Abdurazzoqov, 71), 10.Xurshid G'iyosov (99.Irakli Ruxadze, 90), 11.Kleydi Daci (27.Ali Abdurahmonov 85), 28.Arixiro Sentoku (19.Mixail Klepach, 85), 30.Abror Sarimsoqov.

Zaxira: 1.Valijon Rahimov, 14.Azizbek Bahramov, 21.Saidafzalxon Axrorov, 22.SHohruh Gadoev.

"Navbahor": 35.Sanjar Quvvatov, 7.Azim Ahmedov (17.Ruslan Jiyanov, 53), 8.Siyavash Haqnazari (55.Komil Tojiddinov, 53), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov, 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 21.Giorgi Nikabadze, 23.Yovan Jokich, 77.Abror Ismoilov (88.Asad Jo'raboev, 88).

Zaxira: 18.Eldor Suyunov, 4.Abror Karimov, 24.Doston Abdulxaev, 27.Jahongir Tursunov, 99.Elbekjon Yo'lchiev.

Ogohlantirish: Giorgi Nikabadze (24), Akramjon Komilov (73), Dilshodbek Ahmadaliev (78), Jamshid Boltaboev (88).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+8. GOL! Dilshodbek Ahmadalievning pasidan keyin Mixail Klepach hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi! 

90+5. Uuux! Ruslan Jiyanovning aylanma zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi. 

90. OKMKda almashtirish: G'iyosov o'rniga Ruxadze tishirildi.

88. Boltaboev qo'pollik uchun sariq kartochka oldi. 

87. "Navbahor"da o'zgarish: Ismoilov o'rniga Jo'raboev bahsga qo'shildi.  

85. OKMKda 2 ta o'zgarish: Daci o'rniga Abdurahmonov, Sentoku o'rniga Klepach tushdi.

84. Uuuuux! Kleydi Daci qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi, uning zarbasidan so'ng to'p darvozaga kirishiga ozgina aniqlik etishmadi. 

82. Ikki jamoa tomonidan mayda follar ko'payib ketdi, ammo o'yin tempi yuqori.  

78. Dilshod Ahmadaliev hakam tomonidan ogohlantirildi. 

76. Vaziyatni VAR o'rgandi va to'p darvoza ichkarisiga kirgani uchun golni hisobga oldi.  

74. GOL! Jamshid Iskanderovning uzatmasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi, so'ngra talato'p ichida turgan Filip Ivanovich darvozani ishg'ol qildi – 1:1!

73. Akramjon Komilov qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka oldi. 

71. OKMKda 2 ta almashtirish: Qosimov o'rniga Xolmurodov, Sanches o'rniga Abdurazzoqov bahsni davom ettiradi. 

70. Akram Komilovning qanotdan amalga oshirgan reydi oxiriga etmay qoldi, "aut". 

68. Boltaboevning qanotdan oshirgan to'pini himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. 

66. Jamshid Boltaboev to'pni egallashga bo'lgan urinish chog'ida Xurshid G'iyosovni yiqitdi. 

63. Zarba! Abror Ismoilovning uzoqdan bergan zarbasini Ilyosov egallab oldi. 

59. Ilyosov havodagi kurashda Nikabadze bilan turtildi, hakam fol qayd etdi. 

56. Zarbaaaa! Iskanderovning zarbasidan keyin Ilyosov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Tojiddinov darovozaga yo'naltira olmadi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Dahshat! 

53. "Navbahor"da 2 ta o'zgarish: Ahmedov o'rniga Jiyanov, Haqnazari o'rniga Tojiddinov tushirildi. 

52. Nikabadzening olis masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi. 

50. Ivanovichning uzatmasidan keyin hech kim to'pga etib bora olmadi. 

48. Kleydi Daci Ahmedovni ortda qoldirdi, ammo Filip Ivanovichga duch kelib, duelda engildi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44. OKMK chap qanotdan oldinga o'tishga urindi, keyinroq hujum o'ng qanotga ko'chdi. Ahmadalievning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin "Navbahor" himoyachilari to'pni uzoqlashtirishdi. 

40. Siyavash Haqnazariga tibbiy yordam ko'rsatiladi, u jarima maydonchasi ichida Sardor Rahmonov bilan to'qnashib ketgandi. 

36. Javohir Ilyosov uzatib bergan to'p Sanchesga qadar etib keldi, ammo unga nisbatan qoida buzildi. 

30. Uuux! Siyavash Haqnazarining xavfli zarbasiga aniqlik etishmadi, u sobiq jamoadoshlarini og'ir avholga solib qo'yishiga bir baxya qoldi.

27. Hakam VAR monitoriga bordi va ehtimoliy qizil kartochkani tekshirib ko'rdi. Davom etamiz. 

24. Ilyosovga nisbatan qo'pollik ishlatgan Nikabadze ogohlantirildi. 

23. Javohir Ilyosovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

18. GOL! Azim Ahmedovning qo'pol xatosidan so'ng to'p olmaliqliklar hujumchisi Kleydi Daciga kelib tushdi va u bemalol darvoza tomon zarba berib, hisobni ochdi – 1:0!

17. Abror Ismoilovdan Iskanderov tomon pas, ammo namanganliklar xavbeki to'pni o'ziga bo'ysundirishda muammoga duch keldi, olmaliqliklar tomonidan xavfning oldi olindi.  

13. Odiljon Hamrobekov Nikabadzeni birga-bir holatga chiqarib yubormoqchi bo'ldi, biroq himoyachilar bunga yo'l qo'yishmadi. 

11. Mirjamol Qosimov maydon markazidan oldinga intilayotgan Siyavash Haqnazariga nisbatan qoida buzdi. 

8. Uuuux! Jamshid Iskanderovning qulay poziciyadan yo'llagan xavfli zarbasidan keyin to'p himoyachilarga tegib maydonni tark etdi. Qanday vaziyat! "Navbahor"dan qoyilmaqom hujum!  

5. Abror Ismoilov himoyachilarni ustamonlik bilan aldab o'tib, xavfli vaziyat sodir qildi va jamoasi foydasiga burchak zarbasi ishladi. 

3. Har ikki jamoa darhol hujum tashkil etdi va o'yin ancha-muncha faol kechishiga shama qilishmoqda.  

1. Uchrashuv boshlandi! 

Reyting: +16   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика