So’nggi yangiliklar

22:41Бразилия терма жамоаси ва "Милан" собиқ юлдузи Англиядан клуб сотиб олмоқчи  0 22:10"Ўзинг яхшимисан, Ромео?" — Дэвид Бекхэм "Манчестер Юнайтед" ғалабасидан сўнг ўғлининг устидан кулди  2 21:57"Ал Насср" ва "Ал Тавун" ўртасидаги 18-тур баҳси учун таркиблар маълум: Роналду асосий таркибда!  0 21:50РЕКОРД! "Фламенго" "Вест Хэм" футболчисини 41 миллион евродан қимматга сотиб олмоқда  1 21:30Паулу Фонсека "Лион" раҳбариятидан Эндрикни олиб қолишни сўради  1 21:00Флик: "Канселу жамоага яхши мослашяпти"  0 20:23Футзал харитаси: Барча йўллар Жакартага олиб боради  9 19:51Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди  40 19:25АПЛнинг жорий мавсуми сўнгги йиллардаги энг зерикарлиси бўлмоқда  6 18:52"Кремонезе" дарвозабони ўйиндан кейин стадионда қолиб кетди  1 18:30"Локомотив" легионерининг ҳаётий ҳикояси  6 18:03"Металлург" тажрибали ҳужумчини таркибга қўшиб олади  10 17:38Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ЕЧЛдаги ўйини олдидан йўқотишлар рўйхатини очиқлади  7 17:04Мексикада футбол ўйини вақтида 11 нафар одам отиб ўлдирилди  18 16:38Касадо "Барселона"дан кетиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди: "Мен ҳеч қачон таслим бўлмайман"  27

Superliga. "Bunyodkor" mavsumdagi ikkinchi g'alabasini "Andijon" bilan o'yinda qayd etdi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" mavsumdagi ikkinchi g'alabasini "Andijon" bilan o'yinda qayd etdi

Birozdan so'ng Superliga 15-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Andijon" o'yini boshlanadi.

"Bunyodkor" - "Andijon" 2:0

11 avgust 2024 yil. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Nayim Qosimov, Ruslan Samandarov, Amal Sultonov, Sardor Mirodilov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Avaz Abdullaev
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Qudrat Madraimov.

Gollar: Muzaffar Olimjonov (47, Temurxo'ja Abduxoliqov), Boburbek Yo'ldoshev (82, Andriya Filipovich).

"Bunyodkor": 1. Marin Lyubich, 5. Momchilo Raso, 6. Boburbek Yo'ldoshev, 7. SHahboz Jo'rabekov (66. Azizbek To'lqinbekov, 90+2), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov (4. Najmiddin Normurodov, 90+2), 22. Usmonali Ismonaliev, 23. Asadbek Rahimjonov (8. Frane CHiryak, 80), 25. Itsuki Urata, 57. Amir To'raqulov, 74. Luis Kachorri, 77. Muzaffar Olimjonov (41. Andriya Filipovich, 72).

Zaxiradagilar: 71. Sarvar Karimov, 10. Rasul Yo'ldoshev, 14. Mirjahon Mirahmadov, 17. Ollobergan Karimov, 65. Ahmadullo Muqimjonov.

"Andijon": 72. Igor Litovka, 3. Lyubisha Pecel (14. Abdurahmon Komilov, 68), 5. Abdulvohid Gulamov, 9. Levan Arveladze, 10. Ilhomjon Abdug'aniev, 15. Vladimir Bubanya (S), 17. Farhodjon Sohibjonov (11. Vagiz Galiulin, 67), 26. Muhammadkarim Toirov (18. Damir Temirov, 79), 28. Islom Mamatkazin, 71. Bektemir Abdumannonov (99. SHahrom Samiev, 67), 77. Rustam Turdimurodov (13. Sardorbek Azimov, 79).

Zaxiradagilar: 1. Eldor Adhamov, 8. Farhodbek Bekmurodov, 21. Ildar Mamatkazin, 66. Ilhomjon Alijonov.

Ogohlantirish: Muhammadkarim Toirov (77).

SUPERLIGA TURNIR JADVALI

Bunyodkor

Muzaffar Olimjonov - 47', Boburbek Yuldashev - 82'

Superliga. 15-tur

11/08/2024, 20:00

0
:
2
Tugadi

Andijon

45'
90'
47'  Muzaffar Olimjonov
74'  Muzaffar Olimjonov (Andriya Filipovich)
82'  Boburbek Yuldashev
68'  Farhod Sohibjonov (SHahrom Samiev)
68'  Lyubisha Pechel (Abdurahmon Komilov)
68'  Bektemir Abdumannonov (Vagiz Galiulin)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Andijon" ushbu mavsumda ilk marta safarda mag'lub bo'ldi. "Bunyodkor" esa mavsumdagi ikkinchi g'alabasini qayd etmoqda.

90+4. ZARBAAAA!! Ismonalievning zarbasini Litovka ushlab oldi.

90+2. "Bunyodkor" vaqtni biroz "o'ldirish" uchun o'zgarishlarni amalga oshirdi. Bugun jamoa g'alaba uchun to'laqonli haqli edi.

Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Sardor Azimov o'tkir burchakdan Lyubich darvozasini nishonga olgandi. Jo'rabekov zarbaga blok qo'ydi va biroz jarohat olib, tibbiy yordam olish uchun maydonni tark etdi.

88. ZARBAAAA!!! SHahrom Samievning zarbasini Lyubich ushlab oldi.

85. "Andijon" standartga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'p uchun kurashda baland bo'yli Bubanya mag'lub bo'ldi.

82. GOL! Boburbek Yo'ldoshev burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi. Bu pallada o'yinni ideal o'tkazayotgan Igor Litovka juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.

81. Bugun haqiqatdan ham Usmonalining kuni emas ekan. Offsayd holatidan Litovka bilan birga bir holatiga chiqib bordi. SHundan keyin ham u gol ura olmadi.

79. "Andijon" tarkibida o'zgarishlar bo'ldi. Hozircha 10 daqiqa oldin amalga oshirilgan o'zgarishlar o'zini ko'rsatgani yo'q.

78. Qoyil) Filipovich "jonli devor"ni hosil qilgan yagona futbolchini nishonga oldi-e.

77. Muhammadkarim Toirovning qo'polligidan keyin SHahboz Jo'rabekov biroz qizishib ketdi. Bosh hakam esa tomonlarni kelishtirib qo'yish niyatida.

72. "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish. Gol muallifi Muzaffar Olimjonov uchun o'yin yakunlandi. Andriya Filipovich uning o'rniga o'yinni davom ettiradi.

67. "Andijon" tarkibida bir yo'la 3 o'zgarish amalga oshirildi. Xomyakovdan ilk yurish. Bu o'zini qanchalik oqlashini o'yin davomida ko'ramiz. 

60. Litovka jarohat olgandi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi va o'yin davom ettirilmoqda.

58. "Bunyodkor" standartdan keyin ikkinchi golni ham urgandi. Biroq gol hisoblanmadi va offsayd qayd etildi.

56. UXXXXX! Burchakdan uzatilgan to'pga Temurxo'ja Abduxoliqov darvoza tomon zarba berdi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

54. "Andijon" futbolchisi autdan to'pni darvoza yoniga otdi. Arveladzening boshi bilan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

50. ZARBAAAAAAAA!!! Qanotdan uzatidgan to'pni Olimjonov darvozaga yo'lladi. Litovka kuchli o'ng qo'li bilan to'pni qaytarib yubordi.

49. UXXXXX!! "Bunyodkor" yana hujumga o'tdi. CHap qanotdan uzatilgan to'pni Pecel autga chiqarib yubordi.

47. GOL! Muzaffar Olimjonov hisobni ochdi! Temurxo'ja Abduxoliqovdan assist.46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga qaytib chiqishdi. Ikkinchi bo'lim startiga oz vaqt qolyapti.

Ikkala jamoalarning hujumlari ostida birinchi bo'lim yakunlandi!

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. ZARBAAAAAAA!! Usmonalidan kuchli va aylantirma zarba, Litovkadan chiroyli seyv!

41. Farhod Sohibjonovning zarbasi rikoshet hosil qilib, kuchini yo'qotdi va Lyubich uchun "go'sht" bo'ldi

37. Muzaffar Olimjonovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

36. Boburbek Yo'ldoshev gol urish uchun ideal nuqtada turganida to'pni noto'g'ri to'xtatdi va to'p Litovkaga borib tushdi.

31. "Bunyodkor"da gol urish uchun ajoyib vaziyat bo'ldi. Usmonali uzatgan to'pni Kachorri darvozaga joylay olmadi.

29. UXXXXXXXX!!! Usmonali Ismonaliev qanotdan uzatilgan to'pni bo'sh qolgan darvozaga joylash uchun bo'yi pastlik qildi.

28. "Andijon" ham yaxshi vaziyatga ega bo'ldi. Rustam Turdimurodovning zarbasiga himoyachilar "blok" qo'ydi.

27. UXXXXX!! Qanotdan uzatilgan to'pni Litovka ushlab olishda xatolikka yo'l qo'ydi. To'p Bubanyaga tegib, maydonni tark etdi.

24. Uoter-breyk. Suv - hayot manbai)

21. UXXXXXXX!! Usmonali Ismonaliev yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Burchakdan uzatilgan to'pni jamoadoshi unga to'pni o'tkazib yubordi. Lekin Ismonaliev zarba bera olmadi. 

20. ZARBAAAAAAA!!! Jo'rabekovning bu safargi urinishi aniq zarba bilan yakunlandi. SHahboz Litovkaning yaqin burchagini nishonga olgandi. Igor seyv namoyish qildi.

19. "Andijon" chap qanotdan hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'p Lyubich uchun sovg'a kabi bo'ldi.

17. SHahboz Jo'rabekovning zarbasi noaniq ketdi. "Bunyodkor" o'yinni darvozasidan biroz uzoqlashtirdi.

15. "Bunyodkor" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'p uchun kurash chog'ida mezbonlar fol ishlatishdi va jarima zarbasi belgilandi. To'p "Andijon"ga olib berildi.

10. Tashabbus andijonliklar tomonida. "Bunyodkor" hozircha asosiy vaqtini himoyada o'tkazmoqda.

6. Yo'q, gol inobatga olinmadi. Rustam Turdimurodov to'pni qo'li bilan darvozaga kiritgan deb hisoblandi.

5. GOL! Rustam Turdimurodov hisobni ochdi. "Bunyodkor" himoyasidagi qo'pol xato va pala-partishlikdan "Andijon" unumli foydalanib ketdi!

4. "Andijon" standart vaziyatga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pga Pecel boshi bilan zarba berdi. To'pni Lyuich ushlab oldi.

2. "Bunyodkor" uchrashuvni hujum bilan boshladi. CHap qanotdan Urata to'p uzatganidan keyin bosh hakam offsaydni qayd etdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Uchrashuv startiga barchasi shay holatda!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Bunyodkor" - "Andijon" bahsi startiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика