So’nggi yangiliklar

15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  1 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  0 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  3 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  9 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  2 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6

Qatar klubi futbolchining transferi uchun pulni firibgarlarga jo'natdi Yangiliklar

Qatar klubi futbolchining transferi uchun pulni firibgarlarga jo'natdi

"Styaua" vinger Florinel Komanning "Al Garafa"ga o'tishi bilan bog'liq muammolarga duch keldi.

Buxarest klubi futbolchining Qatar jamoasiga transferi uchun 5,25 mln evro olishi kerak. Biroq "Styaua" egasi Jiji Bekalining so'zlariga ko'ra, "Al Garafa"dagilar pulni boshqa hisob raqamiga o'tkazgan.

"Ular pul berdik deyishdi, lekin aldanib Vetnamga o'tkazib yuborishgan. Men Florinel Koman uchun pul olmadim. Endi ular 6 mln to'lashlari lozim, biz FIFAga shikoyat qildik.

Biz ularga hisob malumotlarini yuborgandik, bu elektron malumotlar. Ular bizga hisob-faktura yuborganimizni aytishdi, lekin bazi xakerlar pochtani buzib, ularga boshqa hisob raqamini yuborishgan...

FIFAga shikoyat qildik, yana million berishsin, bu bizga malum manoda yaxshi... olti millionli bo'lamiz! Ular tergov boshlanganini aytishdi. Biz pulni 31 avgustgacha olishimiz kerak. Agar bunday bo'lmasa, bizga jarima tariqasida yana million to'lashlari kerak bo'ladi", – dedi Bekali.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика