Fabregas: "Men Messini "CHelsi" olib kelishga urinayotganim yo'q"
10 jan 2015 00:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/157863_original.jpg)
![](/upload/storage/157863_220.jpg)
Fabregas: "Men Messini "CHelsi" olib kelishga urinayotganim yo'q"
"CHelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas Messini jamoaga olib kelishga urinayotganligi haqidagi xabarlarga o'z fikrini bildirib o'tdi.
Hozirgi vaziyat ancha chuqurlashib ketdi. Messi "Barselona"da baxtli. "Barselona" ham bundan mamnun. Men Messini "CHelsi"ga chorlayotganim haqidagi xabarlar ranjitmoqda. Bu bo'lmagan gap. Men transfer bilan bog'lich masalalarga aralashmayman. Fabregas - futbolchi. Qolgan ishlarga vaqtim yo'q. Leo esa qaerda o'ynashni o'zi hal etadi. To'g'ri, kelajakda yana Messi bilan bir jamoada o'ynash baxti nasib etsa xursand bo'lardim. Luis Enrikeni yaxshi tanimayman. Ammo Messini bilaman. Ular o'rtasidagi bo'layotgan mojaroga ishonish qiyin. Leo juda kamtar yigit. U bosh murabbiy bilan talashib qoladigan futbolchi emas.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar