Fabio Kannavaro "Milan"ning yangi murabbiyi bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 apr 2015, 12:12
Hozirda "Guanchjou Evergrand"ni boshqarayotgan, Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro "Milan"ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, tez orada klub rahbari bo'ladigan tailandlik biznesmen Bi Techaubol "Milan" rahbariyatida sezilarli o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi.

Kannavaroga Gattuzo yordamchilik qilishi, Marchello Lippi esa klub texnik direktorlik lavozimini egallashi mumkin. Shu bilan birga, Paolo Maldini ham biror-bir vazifaga tayinlanishi kutilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com