Evropada JCH-2022 saralashiga qura tashlash marosimi qachon o'tishi malum
22 okt 2020 23:05
Yangiliklar


Evropada JCH-2022 saralashiga qura tashlash marosimi qachon o'tishi malum
Saralash bahslari orqali UEFAga azo 55 mamlakatdan Qatarga yo'l oladigan 13 ta terma jamoaning nomi aniqlanadi.
Ishtirokchilar 10 ta guruhga taqsimlanadi. Ularning yarmida beshta, qolganlarida esa oltitadan terma jamoa bo'ladi. Guruh g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri mundial final bosqichiga yo'l oladi. 2-o'rinni olgan o'nta terma jamoa esa pley-offda qatnashadi va ularga avvalroq Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgan Millatlar Ligasining eng yaxshi ikki jamoasi qo'shiladi.
Avvalroq, Evropa qitasida JCH-2022 saralash bahslari 2021 yil 24 martidan 16 noyabrigacha bo'lib o'tishi rejalashtirilgani xabar qilingandi. Bundan tashqari, qo'shimcha o'rinlar uchun pley-off o'yinlari 2022 yilning mart oyida o'tishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar