So’nggi yangiliklar

00:30Неъматилло Қуттибоев: "Омад сабабли ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 00:15Гёкереш "Спортинг" учун бошқа ўйнамаслигини маълум қилди. Клуб футболчига берган ваъдасини бажармаган  5 23:57Исломбек Исмоилов: "Куч ва тезлик томонидан рақибга ҳеч қандай имконият қолдирмадик"  1 23:2636 ёшли Перишич "Барса"га ўтмоқчи  2 23:07"Челси" Санчонинг МЮга қайтганини эълон қилди. Лондонликлар футболчини тўлиқ сотиб олмагани учун 5 млн евро тўлашади  2 22:44"Реал Мадрид"нинг Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати учун қайдномаси маълум  5 22:36Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Чилини мағлубиятга учратди  14 22:02Мирко Еличич: "Жамоам ҳақиқий футбол намойиш этганидан хурсандман"  0 21:47"Манчестер Сити" Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати учун қайдномасини эълон қилди  6 21:09"Реал" эртага Трент учун таништирув маросими ўтказади  1 20:45"Ливерпуль" Нуньес учун 70 миллион евро сўрамоқда. Ҳужумчига Испаниядан таклиф бор  1 20:23Де Брюйне пайшанба куни "Наполи" учун тиббий кўрикдан ўтади  1 19:55Про лига. “Арал" меҳмонда "Олимпик"ни таслим қилди  1 19:37Скалони : "Энцо четлатилганидан кейин ҳам Аргентина босимни давом эттирди. Жамоа кучини текшириш учун жуда яхши имтиҳон бўлди"  1 18:45"Реал" ижтимоий тармоқларда энг оммабоп клуб, "Барса" – 2-ўрин, МЮ – 3-ўрин, ПСЖ – 4-ўрин...  7

Evropa ligasi. Fernandeshning goli "Manchester Yunayted"ni yarim finalga olib chiqdi Yangiliklar

Evropa ligasi. Fernandeshning goli "Manchester Yunayted"ni yarim finalga olib chiqdi

Evropa ligasining 1/4 finali doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Kopengagen" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Manchester Yunayted Angliya – Kopengagen Daniya 1:0

"ReynEnergiSHtadion"

Gol: Fernandesh (95).

Manchester Yunayted – Romero, Bayi (Lindelef, 71), Uan-Bissaka, Maguayr, Uilyams, Pogba, Brunu Fernandesh, Fred (Matich, 70), Marsyal (Maktomini, 120), Grinvud (Mata, 90), Reshford (Lingard, 112).

Kopengagen – Yunsson, Boylesen (Bengtsson, 15), Nelsson, Varela (Bartolec, 105), Belland, Pep Mas (Ovedo, 58), Stage (Mudrajiya, 105), Zeka, Falk, Vind, Daramyu (Kaufmann, 57).

Ogohlantirish: Maguayr (62), Bayi (64), Kaufmann (75), Stage (77).

Manchester United

Europa League Final Stage . 1/4-tur

11/08/2020, 01:00

0
:
1
Finished AET

FC Koebenhavn

Stadion: RheinEnergieSTADION, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
120'
45'  Mason Greenwood
61'  Harry Maguire
63'  Eric Bailly
70'  Fred (Nemanja Matic)
70'  Eric Bailly (Victor Nilsson Lindeloef)
91'  Mason Greenwood (Juan Mata)
95'  Bruno Fernandes
113'  Marcus Rashford (Jesse Lingard)
120'  Anthony Martial (Scott McTominay)
15'  Nicolai Boilesen (Pierre Bengtsson)
57'  Mohamed Daramy (Mikkel Kaufmann)
57'  Pep Biel (Bryan Oviedo)
75'  Mikkel Kaufmann
77'  Jens Stage
105'  Guillermo Varela (Karlo Bartolec)
105'  Jens Stage (Robert Mudrazija)
105'  Zeca
111'  Rasmus Falk (William Boeving)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. MYU barcha statistikalarda raqibidan ustun bo'lgan, biroq o'yin jarayoni juda sekin kechgan uchrashuvda raqibini penalti orqali mag'lub etdi. Yarim finalda jamoaga "Vulverxempton" yoki "Sevilya" raqiblik qilishi mumkin.

1 daqiqa qo'shib berildi.

120. MYUning muxlislari bugungi o'yin jarayonidan mamnun emasligi aniq. Umuman olganda raqib himoyaviy o'yin ko'rsatdi. Buni ham to'g'ri tushunish kerak.

119. UXXX!! "Kopengagen" jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi. Lingard to'pni egallab olib, raqib jarima maydonchasi yoniga kelganida Ovedo to'pni olib qo'ydi. 

118. Matich o'z jarima maydonchasi yonida raqibini yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi.

116. Mata MYUning o'yinini o'zgartirib yubordi. Endi barcha hujumlar u orqali tashkil qilinmoqda. Pogba va Brunu biroz orqaroqda o'ynamoqda.

114. Lindelof bugun ko'p marta to'pni oldirib qo'yib, "qovun tushuryapti". Yozning issiq kunlarida tarvuz ham yaxshi ketadi)

112. Uilyams o'z jarima maydonchasi ichida yiqitildi va fol belgilandi. Bu pallada MYUning GOAT futbolchisi Lingard o'yinga qo'shildi.

110. Bilasizmi nima bo'ldi? Maguayrning pasidan keyin Lindelof to'pni to'xtatishda qo'lini ham ishlatib yubordi. Agarda bu jarima maydonchasi ichida bo'lganida VAR buni ko'rib chiqib, penalti berardi.

107. Bengtson avvaliga burchakdan, keyinchalik undan qaytgan to'pni MYU jarima maydonchasi tomon tashladi. Maguayr ikki holatda ham to'pni qaytarib yubordi.

106. Qadrli muxlislar, to'rtinchi bo'lim boshlandi!

- 105 daqiqadagi statistikaga qarasak, MYU 14, "Kopengagen" esa atigi 1 marta aniq zarba yo'llagan ekan.

Uchinchi bo'lim yakunlandi.

105+3. Nimalar bo'lyaptiiiiii!!! Yunsssonnnnn!!! Ikkinchi shedevr!!! Mataning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini ham qaytardi!!

105+3. YUNSSOOONNN!!! SHedeeeeevrrrrrr!!! Brunu Fernandeshning zarbasini shveciyalik posbon chiroyli tarzda qaytardi.

Uchinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

105. Yana bir ajoyib imkoniyat ko'kka sovurildi. Fernandesh qulay nuqtadan to'pni Mataga oshirdi. Xuan unchalik yaxshi nuqtada emasdi va raqiblari undan to'pni olib qo'ydi.

103. MYUda yana bir imkoniyat. Matichning qanotdan oshirgan to'piga Mata noaniq zarba yo'lladi.

102. Kaufmannga uzatilgan to'pni Lindelef olib qo'ydi.

100. Reshford raqib posboni bil birga bir holatga chiqib borib, uning yuzini poyladi va gol ura olmadi. Hakam offsayd bo'lsa-da, xushtak chalmagandi.

99. Marsyaldan ajoyib texnik driblinglar. U 3 raqibini, bir darvozabonni aldab tashladi va to'pni Mataga oshirdi. Xuan noqulay poziciyadan zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi.

97. Fernandeshning chiroyli to'p uzatmasi Reshforddan o'tib ketib, Yunsson qo'llariga borib tushdi. 

95. GOOOOOOLLLLLL!! Fernandesh penaltidan gol urib, hisobni ochdi!! Gol ko'rdik nihoyat!

94. PENALTIIIII!! Marsyal yiqitildi!! Nihoyat uchrashuvda hisob ochilishi mumkin!

92. ZARBAAA!! Marsyalning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini Yunsson qaytardi.

90. Uchinchi bo'lim boshlandi)

- Kim penaltilar seriyasini ko'rishni istamoqda? Bu 50ga 50 vaziyat.

- Sulsher o'yinda burilish yasash uchun Grinvudni olib tashlab, o'rnini Mata bilan to'ldirdi.

- Jamoalar ekstra taymlarni boshlashga shay turishibdi. Biz bilmagandik, biz kutmagandik)

Asosiy vaqt ham yakunlandi. Endi 30 daqiqalik qo'shimcha bo'limlarni tomosha qilamiz.

90+3. Stagening uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

90+1. MARSYAL!!! Ikki raqibini aldab o'tdi. Uchinchisini ham aldaganida raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib borardi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Nahotki, qo'shimcha bo'limlarni ham ko'ramiz...

86. "Kopengagen"da yana bir vaziyat. Falk MYU jarima maydonchasi yonida Pogbani aldab o'tib, Vind tomon to'pni uzatdi. Vindning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

84. ZARBAAAAA!!! YUNSSONNNN!!! Marsyalning zarbasini ajoyib tarzda qaytardi Yunsson!!

83. Reshford uzoq masofadan zarba berib ko'rdi. Noaniq.

81. UXXXXXX!! Uilyams o'z jarima maydonchasi ichida raqibini yiqitgandek ko'rindi. Hakam penalti yo'qligini aytdi. Umuman olganda Varelaning o'zi yiqilgandek ko'rindi.

78. Reshford tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi. Stage uni to'xtatdi va sariq kartochka ishlab oldi.

76. Pogba hujumda qoidani buzdi. To'p "Kopengagen"ga olib berildi.

74. Ovedoning navbatdagi zarbasi ham Van-Bissakaga tegib, autga chiqib ketdi. Reshford esa jarohat olib, maydonda yotibdi.

70. MYU bosimni oshirgan. Lekin zarbagacha ish etib bormayapti.

68. ZARBAAAA!! Yunsson avvaliga Fernandeshning keyinchalik Pogbaning kuchli zarbalarini qaytardi.

66. ZARBAAAAA!! Hisob ochilishi mumkin edi. Deyarli gol deb o'ylagandik. Darvozabon ham joyini egallay olmagandi. Vindning zarbasi Van-Bissakaga tegib qaytdi.

64. Bayi ogohlantirildi. 2 daqiqa oldin Maguayr ham sariq olgandi. MYUning ikki markaziy himoyachilari endi extiyot bo'lib o'ynashi kerak bo'ladi.

63. ZARBAAAAAAAAAAAA!! Fernandesh kutilmaganda  25 metrlardan raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Kreativ g'oya gol bo'lishiga darvoza to'sini yo'l qo'ymadi.

61. UXXXXXXXX!!! "Kopengagen" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Vind juda qulay nuqtadan Romero darvozasi tomon zarba yo'lladi. To'p uning oyog'iga mos tushmadi, shu boisdan argentinalik posbon to'pni ushlab olishda qiynalmadi.

57. GOL! YO'Q!! Grinvudning kuchli zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi. Reshford qaytgan to'pga zarba berib gol urdi. Markus offsaydda qolib ketgandi.

55. MYUning uzoq muddat davom etgan hujumini Fred zarbasi bilan yakunladi. Zarba mukammal chiqmad va darvozabon ham qiynalmadi.

53. "Kopengagen" jarima maydonchasi yonida MYU futbolchilari pressingga zo'r berishgan. Biroq daniyaliklar ham hadeganda to'pni oldirib qo'yishmayapti.

49. Pogbaning bu safargi zarbasi umuman o'xshamadi.

48. Yo'q, jarimadan oshirilgan to'pni Pogba qaytarib yubordi. Qaytgan to'pga berilgan zarba tribuna tomon ketdi.

47. Bayi to'p uchun kurashda yana bir bor qoidani buzdi. "Kopengagen"da jarima zarbasi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga qaytishdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hisob o'yinning tempiga juda mos. Vaziyatlar kam, zarbalar kam. Ikkinchi bo'limda tomonlar yuqori tempda o'ynashini istab qolamiz.

45+1. Grinvud gol urgandi. Lekin bu pallada hakamlar offsayd sababli golni inobatga olishmadi.

45. Bosh hakam birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi.

43. Marsyal raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bosh hakam penalti yo'qligini aytdi.

39. Balki ikkinchi bo'lim yaxshiroq tempni ko'rarmiz-a...

36. UXXXXX!! Varelaning o'ng qanotdan oshirgan to'piga Darami zarba berdi. To'p Bayiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

33. Grinvudning kuchli zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

30. UXXXXX!! Reshford jarima maydonchasi yonidan havolatib to'pni Marsyal tomon uzatdi. Franciyalik to'pga etib borganida balki gol urishi ham mumkin edi.

29. Yo'q, Brunu Fernandeshning jarimadan yo'llagan zarbasi darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

27. "Yunayted"da jarima zarbasidan gol urish uchun juda qulay nuqta! 

25. Tomonlarga suv ichib olishlari uchun vaqt berildi.

23. "Yunayted" hozircha yuqori temp namoyish qila olmayapti.

21. Bosh hakamdan kulgili harakat. Avvaliga u penalti nuqtasini ko'rsatdi. To'g'ri bu erda offsayd bor edi. Biroq hech kim penaltiga reakciya qilmadi. Bu vaziyatda Maguayr offsaydda qolib ketgandi.

20. Endi Van-Bissaka xatoga yo'l qo'yishi mumkin edi. Uning pasi raqibiga tegib, to'p Romero tomonga ketib qoldi.

17. ZARBAAAAAA!! Vindning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Pogba qaytarib yubordi. Juda xavfli zarba bo'lgandi. Fred esa bu pallada o'z jarima maydonchasi yonida to'pni raqiblariga topshirib qo'ygandi.

15. Uchrashuvdagi ilk o'zgarish. Majburiy. Boylessen jarohat oldi va uning o'rnini Bengtson egalladi.

13. ZARBAAAAAAAA!! Daramyu hisobni ochishga yaqin kelgandi. Nimadir bo'ldi. Yoki Bayi yoki Romero to'pni qaytardi.

10. UXXXX!! Uchrashuvdagi ilk golga tortadigan vaziyat mankunianliklar tomonidan yuzaga keltirildi. Grinvudning boshi bilan yo'llagan zarbasini Yunsson ushlab oldi.

9. Reshford bu safar jarima zarbasidan raqib postini nishonga oldi. Biroz noaniq.

7. Burchakdan uzatilgan to'pga Maguayr boshi bilan zarba yo'lladi. Lekin u bu pallada hujumda fol ishlatgani uchun jarima zarbasi belgilandi.

6. Fred hujumdagi Reshfordga chiroyli pas bergandi. Biroq Markusda pas oshirish uchun variant bo'lmadi va to'p raqiblarga nasib qildi.

4. Grinvud hujumga o'tgandi. Uni raqiblari to'xtatdi.

2. "Manchester Yunayted" muxlislariga savol. Gugl va Yandeksga kirmasdan Gilerme Varela haqida eslay olasizmi?

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Boshlanishga shay bo'lib turgan uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Etiboringizni Germaniyadagi "ReynEnergiSHtadion"ga qaratamiz. Ushbu stadionda bugun "Manchester Yunayted" jamoasi Evropa ligasi yarim finaliga chiqish yo'lida "Kopengagen"ga qarshi bahs olib boradi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика