Evropa ligasi. Bugun "Xayduk" va "Krasnodar"ning raqiblari malum bo'ladi
10 iyu 2014 15:51
Yangiliklar
Evropa ligasi. Bugun "Xayduk" va "Krasnodar"ning raqiblari malum bo'ladi
Bugun tunda Evropa ligasi birinchi bosqich doirasidagi javob uchrashuvlar bo'lib o'tadi.
SHavkat Salomov va Kamoliddin Murzoev to'p tepayotgan Qozog'istonning SHaxtyor klubi Armanistonning SHiroq klubini qabul qiladi. Dastlabki o'yinda SHaxtyorsafardan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgandi.
Finlandiyaning Xonka Espoo va Estoniyaning Silamyae Kalev juftligi g'olibi ikkinchi bosqichda Rossiyaning Krasnodar klubiga qarshi o'ynaydi. Bu jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuvda Estoniya klubi o'z uyida 2:1 hisobida zafar quchgandi. Krasnodar safida o'zbekistonlik Odil Ahmedov to'p tepayotganidan xabaringiz bor.
Lyuksemburgning Jeness va Irlandiyaning Dandolk klublari ichida kim kuchli bo'lsa keyingi bosqchichda Temurxo'ja Abduxoliqov faoliyat olib borayotgan Xorvatiyaning Xayduk klubi bilan o'ynaydi. Ilk uchrashuvda Dandolk safarda 2:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Ikkinchi bosqich o'yinlari 17 va 24 iyul kunlariga belgilangan.
Eslatib o'tamiz, Evropa Ligasining hal qiluvchi final uchrashuvi 2015 yilning 27 may kuni Polsha poytaxti Varshava shahridagi “Milliy” stadionida bo'lib o'tadi.

Fikrlar