Evropa Ligasi. 1/4 va 1/2 finalga qura tashlandi, "Barselona" o'z raqibini bilib oldi
18 mar 2022 17:43
Yangiliklar


Evropa Ligasi. 1/4 va 1/2 finalga qura tashlandi, "Barselona" o'z raqibini bilib oldi
Bugun UEFA shtab-kvartirasi bo'lmish Non shahrida Evropa Ligasining 1/4 va 1/4 final bosqichi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Qurada quyidagi jamoalar ishtirok etdi: "RB Leypcig", "Atalanta", "Braga", "Reyndjers", "Barselona", "Ayntraxt", «Vest Xem", "Lion".
1/4 finalning ilk o'yinlari 7 aprelda, javob bahslari esa 14 aprelda bo'lib o'tadi. Yarim finallar esa 28 aprel va 5 mayda o'tkaziladi.
1/4 final:
"RB Leypcig" (Germaniya) - "Atalanta" (Italiya)
"Ayntraxt" (Germaniya) - "Barselona" (Ispaniya)
"Vest Xem" (Angliya) - "Lion" (Franciya)
"Braga" (Portugaliya) - "Reynjers" (SHotlandiya)
1/2 final:
"RB Leypcig" / "Atalanta" – "Braga" / "Reyndjers"
"Vest Xem" / "Lion" – "Ayntraxt" / "Barselona»"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar