EVROgacha. "Skuadra Adzurra" bilan tanishamiz
25 may 2021 13:00
Yangiliklar
Turnirning final bosqichi 11 iyun kuni Rimda Turkiya va Italiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs bilan boshlanadi. SHu tufayli bugun "moviy gvardiya"ning hozirgi tarkibi haqida malumot berishga qaror qildik.
"Skuadra Adzurra" 2018 yilgi mundial yo'llanmasini qo'ldan chiqargach, jamoaga Roberto Manchini olib kelindi. Tajribali mutaxassis 2 yil ichida qitadagi eng raqobatbardosh jamoani tuzishni uddaladi. Uning shogirdlari EVRO saralashini mukammal tarzda o'tkazib, 100 foizlik natija qayd etishdi. Finlyandiya, Greciya, Bosniya, Armaniston va Lixtenshteyn bilan bir guruhdan o'rin olgan italyanlar 10 o'yinda 37 ta gol urib, faqat 4 marta o'z darvozalaridan to'p olib chiqishdi.
Jamoaning gollariga quyidagi futbolchilar mualliflik qilishdi:
5 - Andrea Belotti
3 - Lorenco Insine, CHiro Immobile, Nikolo Barella, Jorjino
2 - Moyze Kin, Fabio Kvalyarella, Marko Verratti, Federiko Bernardeski, Nikolo Zanolo, Alessio Romanolli
1 - Stefano Sensi, Leonardo Pavoletti, Leonardo Bonuchchi, Lorenco Pellegrini, El SHaaravi,Franchesko Acherbi, Rikardo Orsolini, Federiko Keza
Roberto Manchini qita chempionatiga quyidagi futbolchilarni jalb qildi:
Darvozabonlar: Krano ("Kalyari"), Donnarumma ("Milan"), Meret ("Napoli"), Sirigu ("Torino").
Himoyachilar: Acherbi ("Lacio"), Ladzari ("Lacio"), Bastoni ("Inter"), Biragi ("Fiorentina", Bonuchchi ("Yuventus"), Kellini ("Yuventus"), Di Lorenco ("Napoli"), Florenci (PSJ), Manchini ("Roma"), Spinaccola ("Roma"), Toloy ("Atalanta").
Yarim himoyachilar: Barella ("Inter"), Sensi ("Inter"), Kastrovilli ("Fiorentina"), Kristante ("Roma"), Pellegrini ("Roma"), Lokatelli ("Sassuolo"), Pessina ("Atalanta"), Verratti (PSJ).
Hujumchilar: Belotti ("Torino"), Berardi ("Sassuolo"), Raspadori ("Sassuolo"), Bernardeski ("Yuventus"), Keza ("Yuventus"), Grifo ("Frayburg"), Immobile ("Lacio"), Insine ("Napoli"), Politano ("Napoli"), Kin (PSJ).
Italiya terma jamoasi guruh o'yinlarining barchasini Rimda o'tkazadi. "Skuadra Adzurra"ni kutayotgan bahslar taqvimi bilan tanishing:
1-tur
Turkiya — Italiya, "Olimpiya stadioni" (Rim)
11 iyun (23:00)
2-tur
Italiya — SHveycariya, "Olimpiya stadioni" (Rim)
16 iyun (23:00)
3-tur
Italiya — Uels, "Olimpiya stadioni" (Rim)
20 iyun (20:00)
F.R.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar