EVROgacha. A guruhining eng qimmat futbolchilarini bilasizmi?
22 may 2021 18:05
Yangiliklar
EVROgacha. A guruhining eng qimmat futbolchilarini bilasizmi?
Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan 1 yilga kechikkan musobaqa 2021 yilning 11 iyunidan 11 iyuliga qadar bo'lgan muddatda o'tkaziladi. Musobaqaning final bosqich bahslariga 10 mamlakatning 11 shahridagi 11 stadion mezbonlik qiladi.
Ishtirokchilar soni 24 ta. Jamoalar 6 guruhga bo'lingan. Bugun A guruhdan o'rin olgan terma jamoalarning eng qimmatbaho vakillari haqida malumot berishga qaror qildik.
Guruh "A"
Turkiya
Italiya
Uels
SHveycariya
SHenol Gyunesh boshchiligidagi Turkiya terma jamoasining transfer bahosi eng yuqori vakili — CHag'lar Syoyunju ("Lester").
ismi | yoshi | jamoasi | narxi | |
---|---|---|---|---|
1 | CHag'lar Syoyunju | 24 | "Lester" | 40 mln evro |
2 | Hoqon CHalhaoglu | 27 | "Milan" | 35 mln evro |
3 | Merih Demiral | 23 | "Yuventus" | 30 mln evro |
4 | Ozan Kabak | 21 | "Liverpul" | 25 mln evro |
5 | Zeki CHelik | 24 | "Lill" | 20 mln evro |
Roberto Manchini boshchiligidagi "Skuadra Adzurra"ning qimmatbaho futbolchilari bilan tanishing.
ismi | yoshi | jamoasi | narxi | |
---|---|---|---|---|
1 | Marko Verratti | 28 | PSJ | 60 mln evro |
2 | Nikolo Barella | 24 | "Inter" | 60 mln evro |
3 | Jiji Donnarumma | 22 | "Milan" | 60 mln evro |
4 | Federiko Keza | 23 | "Yuventus" | 60 mln evro |
5 | Alessandro Bastoni | 22 | "Inter" | 55 mln evro |
Rayan Giggz boshchiligidagi Uels terma jamoasining qimmatbaho vakillari bilan tanishing.
ismi | yoshi | jamoasi | narxi | |
---|---|---|---|---|
1 | Garet Beyl | 31 | "Tottenxem" | 20 mln evro |
2 | Aaron Remzi | 30 | "Yuventus" | 20 mln evro |
3 | Devid Bruks | 23 | "Bornmut" | 18 mln evro |
4 | Deniel Jeyms | 23 | MYU | 18 mln evro |
5 | Ben Devis | 28 | "Tottenxem" | 16 mln evro |
Vladimir Petkovich boshchiligidagi SHveycariya milliy jamoasining eng qimmatbaho futbolchisi Niko Elvedi hisoblanadi.
ismi | yoshi | jamoasi | narxi | |
---|---|---|---|---|
1 | Niko Elvedi | 24 | "Borussiya M" | 32 mln evro |
2 | Denis Zakaria | 24 | "Borussiya M" | 32 mln evro |
3 | Manuel Akanji | 25 | "Borussiya D" | 25 mln evro |
4 | Remo Froyler | 29 | "Atalanta" | 23 mln evro |
5 | Granit Jaka | 28 | "Arsenal" | 22 mln evro |
Fikrlar