Evrofutbol. O'z mamlakatining chempionlari (FOTO)
19 may 2014 09:18
Yangiliklar
Evrofutbol. O'z mamlakatining chempionlari (FOTO)
Slovakiya chempionligini qo'lga kiritgan "Slovan" sharafiga Bratislava ko'chalarida tantanali namoyishlar o'tkazilmoqda.
Xorvatiyada Zagrebning "Dinamo" jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.
Isroil chempionatida Tel-Avivning "Makkabi"si chempion bo'ldi va ular kelasi yili ECHLda ishtirok etadigan bo'lishdi.
"Seltik" bu yil asosiy raqobatchisi "Reynjers"ning yo'qligi sababli SHotlandiyada chempion bo'lishda muammoga duch kelmadi.
"Olimpiakos" jamoasi kiyinish xonasida Greciya chempionligini nishonlashmoqda.
"Galatasaroy"dan sezilarli ravishda ilgarilab ketgan "Fenerbaxche" Turkiya chempionligini naqd qildi.
"Ayaks" Frank de Bur boshchiligida ketma-ket to'rtinchi chempionligini qo'lga kiritdi.
Evropa Ligasi finalida mag'lubiyatga uchragan "Benfika" Portugaliya chempioni hisoblanadi.
"Bavariya" Gvardiola boshchiligida deyarli ikki oy oldin Germaniya chempionligini naqd qilib qo'ygan edi.
"Manchester Siti" uch yil ichida ikkinchi marotaba Angliya chempionligini qo'lga kiritmoqda.
Kievning "Dinamo"si o'z muammolari bilan ovora bo'lib yurgan bir vaqtda, "SHaxtyor" ketma-ket beshinchi marotaba Ukraina chempionligini qo'lga kiritdi.
Italiyada esa "Yuventus" o'z tarixidagi 30-chempionligini qo'lga kiritdi.
PSJ ketma-ket ikkinchi marotaba Franciya chempionligini qo'lga kiritdi.
Madridning "Atletiko" jamoasi "Kamp Nou"da Ispaniya chempionligini tantana qildi.
Aziz To'xtamurodov tayyorladi
Fikrlar