So’nggi yangiliklar

00:05А Серия. "Рома" — "Милан". Таркиблар маълум!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Наполи"ни йирик ҳисобда таслим қилди  3 23:43"Арсенал"нинг 13 ўйиндан иборат мағлубиятсиз сериясига МЮ нуқта қўйди  25 23:40Кэррикдан супер старт! "Манчестер Юнайтед" унинг қўл остида "Арсенал" ва "Ман Сити"ни мағлуб этди  13 23:32Эндрикдан хет-трик! "Лион" сафарда "Метц"ни тор-мор этди  2 23:30АПЛ. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Арсенал"ни мағлуб этди  32 22:18"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди  17 21:30"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  96 21:23"Сурхон" голларга бой баҳсда Россия клубини мағлуб этди  10 21:12АПЛ. "Челси" топ-4га қайтди, "Астон Вилла" эса "Ньюкасл"ни сафарда мағлуб этди  4 20:54Назорат ўйини. "Насаф" "Енисей"га ютқазди  23 20:13"Атлетико" ўз уйида "Мальорка"ни тор-мор этди  4 20:01Назорат баҳси. Самарқанднинг "Динамо"си Россиянинг 6 карра чемпиони ЦСКАни мағлуб этди  33 19:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади  11 19:15ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум  77

Evro-2024. Vengriya - SHveycariya. Prevyu Yangiliklar

Evro-2024. Vengriya - SHveycariya. Prevyu

Evro-2024 1-turidan o'rin olgan Vengriya - SHveycariya uchrashuviga oid malumotlar bilan tanishing.

O'yin haqida nimalarni bilish lozim?

So'nggi bor raqiblar yirik turnirda 86 yil avval uchrashgan edilar — vengrlar 1938 yildagi jahon chempionatida shveycariyaliklarni 2:0 hisobida mag'lub etgan. SHunga qaramay, so'nggi o'yinlarda SHveycariya ustunroq ko'rinib, to'qqizta o'yindan oltitasida g'alaba qozongan. Rasmiy turnirlarda jamoalar 2018 yilgi jahon chempionati saralashidan buyon to'qnash kelmagan, o'shanda shveycariyaliklar uyda ham, safarda ham g'alaba qozongan: 5:3 va 3:2 hisoblarida.

Vengriya qatorasiga uchinchi bor Evropa chempionatida ishtirok etmoqda. Marko Rossi jamoasida Germaniyadagi asosiy figura 23 yoshli kapitan Dominik Soboslai bo'lishi kerak, darvozani esa doimgidek "Leypcig" posboni Peter Gulachi qo'riqlaydi. SHveycariyaliklarning umidi "Bayer"da ajoyib mavsum o'tkazgan Granit Jaka va Jerdan SHakiriga bog'liq. Pleymeyker yirik turnirlarning final bosqichlarida 2014 yilgi jahon chempionatidan keyin to'qqizta gol urib, to'rtta assist bergan — bu terma jamoa golli kombinaciyalarning 46%ini tashkil qiladi.

Taxminiy tarkiblar

Vengriya: Gulachi; Lang, Orban, Salai; Bolla, Adam Nad, SHefer, Kerkez; SHallai, Soboclai; Varga

SHveycariya: Zommer; Elvedi, Akandji, Rodriges; Vidmer, Froyler, Jaka, Ndoy; SHakiri, Amduni, Vargas

Oxirgi natijalar

Vengriya

Oxirgi natijalar (barcha turnirlar, oxirgi o'yinlar birinchi bo'lib sanab o'tilgan, G' - g'alaba, D - durang, M - mag'lubiyat): G'MG'G'G'D

SHveycariya 

Oxirgi natijalar: DG'G'DMD

Ekspertlar fikri

Vengriyalik muxbir Endi Klark

Vengrlar so'nggi marta Evropa chempionatida 2021 yil portugallarga yutqazgan, shundan keyin saralash bosqichini mag'lubiyatsiz o'tkazdi. Uch yil oldin Vengriya mustahkam himoyaga urg'u berar edi, ammo hozir jamoa o'zgardi. Himoya hanuz kuchli bo'lsa-da, vengrlar hujumda ancha xavfli o'ynashmoqda va ular SHallai, Soboslai va Varga kabi sifatli ijrochilarga tayana olishadi. Bugungi kunda jamoa muxlislarining o'z terma jamoasiga nisbatan ishonchli ancha yuqori.

SHveycariyalik muxbir Anna-Sofiya Follmerxauzen

Bundan uch yil muqaddam SHveycariya chorak finalga chiqib, turnirdagi eng yuqori natijasiga erishgan edi va hozirda ular hech bo'lmaganda shu natijani takrorlashni yoki undan ham yaxshi natijaga erishishni umid qilmoqda. Kuchli start hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Jamoa sardori Granit Jaka terma jamoaning bu vazifani hal qilishi uchun etarli tajriba va mahoratga ega ekanligiga ishonch bildirmoqda. SHunday bo'lsa-da, hujumchi Brel Embolo yaqinda to'liq mashg'ulotlarga kirishgani uchun Yakin jamoasida asosiy hujumchi kim bo'lishi ko'pchilik uchun qiziqarli.

Murabbiylar fikri

Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi: "SHveycariya Murat Yakin bilan birga ajoyib natijalarga erishdi. Ular barcha poziciyalarda yuqori darajali o'yinchilarga ega, raqib o'yinchilari top klublar va top ligalarda o'ynashadi. SHveycariya so'nggi Evropa chempionati va jahon chempionatlarida ishtirok etgan, shu bois bu raqibdan aniq ehtiyot bo'lish kerak. Ammo biz qiyinchiliklardan qo'rqmaymiz. Biz o'zimizga ishonamiz va har qanday raqibni mag'lub etishga qodirmiz".

SHveycariya terma jamoasi bosh murabbiyi Murat Yakin: "Vengriya terma jamoasi juda kuchli. Oldinda bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Biz uchun o'zimizning kuchli tomonlarimizdan foydalanish muhim, raqibga kutilmagan sovg'alar tayyorlashga umid qilamiz. Vengrlar bilan kurash olib borishga va g'alabaga erishishga harakat qilamiz. Buning uchun yaxshi futbol ko'rsatishimiz kerak, shuningdek, omad ham kerak bo'ladi. Biz o'z o'yinimizni namoyish etishimiz kerak, qanday jabhalar borasida ishlagan bo'lsak, maydonda shuni ko'rsatamiz".

Eslatib o'tamiz, "A" guruhi 1-turidan o'rin olgan Vengriya - SHveycariya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика