So’nggi yangiliklar

11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  0 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  2 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3

Evro-2024. Avstriya Niderlandiyani er tishlatdi va birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'llanma oldi Yangiliklar

Evro-2024. Avstriya Niderlandiyani er tishlatdi va birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'llanma oldi

Evropa chempionati "D" guruhi 3-turidan o'rin olgan Niderlandiya - Avstriya uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Evro-2024. Guruh bosqichi. 3-tur

Niderlandiya — Avstriya 2:3 (TUGADI)

Hakam: Ivan Krujliak (Slovakiya)

Gol: Doniell Malen (avtogol) 5, Kodi Gakpo  46, 1:1, Romano SHmid 59, 1:2, Depay 75, 2:2, Zabicer 80, 2:3

Niderlandiya: Bart Verbryuggen, Lyutsxarel Gertreyda, Virdjil van Deyk, Natan Ake, Stefan de Vrey, Memfis Depay, Kodi Gakpo, Tidjani Reynders, Yoey Verman ( 7. Simons, 34), Doniell Malen, Yerdi Sxauten.

Zaxira: 13. Beylo, 25. Bergveyn, 17. Blind, 19. Brobbi, 15. Van de Ven, 9. Vegxorst, 8. Veynaldum, 26. Gravenberx, 22. Damfris, 3. De Ligt, 21. Zirkzee, 20. Matsen,23. Flekken, 12. Frimpong

Avstriya: Patrik Penc, Maksimilian Vyober, SHtefan Posh, Nikolas Zayvald, Marko Arnautovich, Aleksander Prass, Marsel Zabitcer, Florian Grillich Filipp Linxart, Romano SHmid Patrik Vimmer 

Zaxira: 24. Vayman, 11. Gregorich, 26. Gryul, 21. Danilyuk, 4. Danso, 22. Zaydl, 17. Kainc, Q  1. Lindner, 16. Mvene, 3. Trauner, 12. Xedl, 25. Entrup

Ogohlantirish: SHtefan Posh (Avstriya) 31, Patrik Vimmer (Avstriya) 


MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

87. Bu Evropa chempionati. Zerikarli o'yin degan narsa bu chempionat uchun begona.

85. ZARBAAA. Vegxorstning boshi bilan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi. SHunchaki o'yin yonmoqda. 

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Bu Avstriya nimalar qilib tashlayapti? Zabicer jarima maydonchasi ichida jamoadoshidan to'pni qabul qilib olib kuchli zarba bilan darvozaga to'pni mixladi. 

77. Hakamni o'zi borib ko'radi. Gol inobatga olindi. 

75. GOOOOOOOOOOOOOL. Depay hisobni tenglashtirdi. U yuqoridan Vegxorstning say harakatlaridan so'ng raqib darvozasini ishg'ol qildi. Hakam esa golni hisobga olishga shoshilmadi. U VARni tingladi va golni inobatga oldi. 

66. O'ZGARISH. Niderlandiya,Ake o'rniga van de Ven, Reynders o'rniga Veynaldum, Malen o'rniga Vegxorst tushdi.

64. O'ZGARISH. Avstriya, Romano SHmid o'rniga Baumgartner, Patrik Vimmer o'rniga Laymer, Florian Grillich o'rniga Kverfeld, tushdi.

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Bu qanday terma jamoa, mag'lub bo'lishni istamayotgan Avstriya hisobda oldinga chiqib oldi. Florian Grillichning ajoyib uzatmasini Romano SHmid boshi bilan golga aylantirdi, 1:2 

56. Parallel ravishda ketayotgan o'yinda Franciya Polsha darvozasini ishg'ol qildi. Bu o'yin matnli translyaciyasi

48. Hammasi joyida. Niderlandiya o'yinga qaytdi. Kuman tanaffusdan shogirdlariga yaxshigina shirin gaplarni aytgan ko'rinadi. 

46. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Niderlandiya ikkinchi bo'limni hisobni tenglashtirish bilan boshladi. Jamoadoshidan to'pni qabul qilib olgan Gakpo aniq zarba bilan darvozaning uzoq burchagiga joyladi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. To'p nazorati Avstriyada. Ular shoshmayapti va ancha xotirjam. 

40. Malen yorib kirdi va to'pni jamoadoshiga uzatdi. Avstriya himoyachilari to'pni yaxshi blokladi. 

37. ZARBAAA. Avstriya futbolchis Zabicerdan ajoyib zarba. Niderlandiyalik posbonga seyv uchun tasanno

34. O'ZGARISH. Niderlandiya, Yoey Veermen o'rniga Xavi Simons tushdi. Kuman o'yinni o'zgartirishni istamoqda. 

33. OGOHLANTIRISH. Avstriya, Patrik Vimmer

31. OGOHLANTIRISH. Avstriya,SHtefan Posh

29. ZARBAAA.Avstriyadan hujum. Zabicerning zarbasi raqib himoyachisiga tegdi. Zarba haqiqatdan kuchli chiqdi. 

22. ZARBAAA. Malenda aybini yuvish uchun imkoniyat bo'ldi. Uning zarbasi darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi. 

15. Avstriya yana hujumga o'tdi. Zabicer ancha faol. 

10. Niderlandiya hisobni tenglashtirish uchun bor kuchini ishga solyapti. Avstriya ham bo'sh kelmayapti.

5. GOOOOOOOOOOOOOOL. Avstriya yana o'sha chap qanotdan kirib bordi va Prass to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatayotgan vaqtda to'p niderlandiyalik futbolchi Malenga tegib darvoza to'riga borib tushdi. 

1. Avstriya  ilk daqiqadan hujumga o'tdi. CHap qanotdan amalga oshirilgan hujumga aniqlik etishmadi. 

- O'yinga start berildi. 

- Navbat ikki jamoa mamlakati madhiyalariga. 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика