So’nggi yangiliklar

14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  7 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2

Evro-2020. Maydon markazidan gol urilgan o'yinda CHexiya SHotlandiyani mag'lub etdi Yangiliklar

Evro-2020. Maydon markazidan gol urilgan o'yinda CHexiya SHotlandiyani mag'lub etdi

Evro-2020 1-turi doirasida SHotlandiya hamda CHexiya jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

SHotlandiya - CHexiya 0:2 

Gol: SHik 42, 52.

Glazgo. "Xempden Park" stadioni. 18:00
Bosh hakam:
Daniel Zibert (Germaniya)
Qanot hakamlari: Yan Zaydel va Rafael Foltin (ikkalasi Germaniya)
Zaxira hakami: Georgiy Kabakov (Bolgariya)
VAR hakami: Marko Fritc (Germaniya)
VAR hakami yordamchilari: Kristian Dingert (Germaniya), Kristian Gittelmann (Germaniya) va Alexandro Ernandes (Ispaniya).

SHotlandiya: 1.Devid Marshall, 24.Djek Xendri, 16.Liam Kuper, 5.Grant Xenli, 3.Endryu Robertson, 2.Stiven O`Donnell, 4.Skott Maktominey, 7.Djon Makginn, 17.Styuart Armstrong, 11.Rayan Kristi, 9.Lindon Dayks 

Zaxira: 12.Kreyg Gordon, 21.Djon Maklaflin, 13.Greg Teylor, 22.Neytan Patterson, 26.Skott Makkena, 8.Kallum Makgregor, 18.Devid Ternbull, 20.Rayan Freyzer, 23.Billi Gilmor, 25.Djeyms Forrest, 10.CHe Adams, 19.Kevin Nisbet. 

CHexiya: 1.Tomash Vaclik, 18.Yan Borjil, 6.Tomash Kalas, 3.Ondrjey CHelustka, 5.Vladimir Coufal, 21.Aleks Kral, 15.Tomash Souchek, 14.Yakub Yankto, 8.Vladimir Darida, 12.Lukash Masopust, 10.Patrik SHik. 

Zaxira: 16.Alesh Mandous, 2.Pavel Kaderjabek, 4.Yakub Brabec, 9.Tomash Golesh, 17.David Zima, 22.Alesh Mateyu, 7.Antonin Barak, 13.Petr SHevchik, 11.Mixal Krmenchik, 19.Adam Glojek, 20.Matey Vidra, 24.Tomash Pekkart.


Ushbu sahifa orqali o'yindan matnli translyaciya olib borildi.

- - - - - - - - - 



O'YIN YAKUNLANDI! CHexiya Glazgoda SHotlandiyani mag'lub etdi va guruhda birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 

90+3. Mezbonlar o'yin oxirini hujumda o'tkazishmoqda. 

90. Hakam 4 daqiqa qo'shib berdi. 


Qaynoqqina malumot: SHik Evropa chempionatlarida eng uzoqdan gol urgan futbolchiga aylandi. 

87. CHexiyada oxirgi ikkita o'zgarish: Dubl qayd etgan SHik o'z o'rnini Krmenchikka bo'shatib berdi. SHuningdek, Daridaning o'rniga SHevchik maydonga tushdi.

84. Forest o'ng qanotdan yaxshi reyd amalga oshirdi. Ikki futbolchini aldab zarba yo'llagandi. Ammo chexiyalik uchinchi himoyachi to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. 

79. SHotlandiyada so'nggi o'zgarishlar. O'Donnell o'rniga Forrest, Dayks o'rniga Nisbet uchrashuvni tugatib qo'yadi.

77. Maktominayning bergan zarbasi juda yuqoridan o'tib ketdi. 

73. Tomash Kalasga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

72. CHexiyaliklarda biryo'la ikkita o'zgarish. Yankto o'rniga Glojek, Masopust o'rniga Vidra o'yinga tushdi.

SHotlandiyaliklar posboni Marshal maydon markazidan gol o'tkazib yuborgan vaziyat.


67. Mezbonlarda ikkita o'zgarish. Xendri o'rniga Makgregor, Armstrong o'rniga Freyzer maydonga tushirildi. CHexiya safida esa Kral o'rniga Golesh o'yinni davom ettiradi. 

66. Zarbaaa! Dayksning zarbasini Vaclik bartaraf etdi! Ajoyib seyv!

63. SHotlandiya terma jamoasi vakillari yaxshi hujumlar tashkil etishmoqda. Ammo hujumni golga aylantirishda mezbonlarga omad etishmayapti.  

56. O'yin tempi oshdi. Ayniqsa mezbonlar o'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan so'ng oldinga o'tishdi.


52. GOOOOL! SHIIIK! SUPERGOOOL! Deyarli maydon markazidan turib u raqib darvozasini ishg'ol qildi - 0:2! 

51. Mezbonlar futbolchisi Xenliga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

48. SHotlandiya ham oldinga bormoqda. Mezbon futbolchining bergan zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

47. Zarbaa! SHikda yaxshi imkoniyat paydo bo'ldi. U hozir dubl qayd etishi mumkin edi.

46. Mezbonlar tarkibida Kristi Adams maydonga tushdi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

TANAFFUS!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

42. GOOOL! Patrik SHik! O'ng qanotdan etkazib berilgan to'pdan so'ng SHik boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. 

38. O'yin tempi pasaygan.

32. Robertsonnn! Uning xavfli zarbanisi Vaclik bartaraf etdi.

29. CHexlar oldinga o'tishmoqda.

24. Dayks oldingi chiziqda faol. Mezbonlar hujumchisiga ko'plab vaziyatlar yaratib berilmoqda.

18. Dayksdan xavfli zarba! Bu mezbonlarning uchrashuvdagi ilk xavfli hujumi bo'ldi. 

15. Zarbaaa! Patrik SHikning chap oyoqda bergan zarbasidan so'ng Marshall xavfni bartaraf etdi!

4. SHotlandiyalik futbolchilar bugun o'z muxlislari ko'z o'ngida g'alabaga urinib ko'rishadi.  

3. To'p nazorati dastlabki daqiqalarda asosan mezbonlarda.

1. Bahsni mezbonlar boshlab berishdi.

UCHRASHUV BOSHLANDI!


-Davlat madhiyalari yangramoqda.

-Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.

-Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari. Evro-2020 doirasida SHotlandiya hamda CHexiya jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlanmoqda. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика