So’nggi yangiliklar

11:29"Арсенал"нинг ёздаги иккита асосий трансфер мақсадлари маълум бўлди  0 11:07"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Раҳимов Иброҳим  0 10:47ОКМК иккинчи хориж йиғинини Анталияда давом эттиради  0 10:23Расман: Дилшод Жўраев, Ихтиёр Тошпўлатов, Жасур Азимов "Хоразм" футболчиси  1 09:37"Локомотив" Туркияга қандай таркиб билан йўл олди?  1 09:19Sofascore. "Пахтакор" футболчилари "Ал Гарафа" билан ўйинда неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:43Ўзбекистон аёллар терма жамоаси бош мураббийи ўз мамлакатида 2024 йилнинг энг яхшиси бўлди  1 07:30"Пахтакор"нинг "Ал Гарафа" майдонидаги ғалабасиз серияси давом этади  3 03:30Испания кубоги. "Атлетико" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  2 02:31Криштиану Роналду: "Менинг эртагим" (мутолаа учун)  74 01:45"Пахтакор" бош мураббийи Педру Морейра: "Ўйин қийин кечишини билгандик"  18 01:27Элит ОЧЛ. "Персеполис" "Ал Ҳилол"га йирик ҳисобда ютқазди. "Пахтакор"нинг плей-офф учун имкониятлари сақланиб қолмоқда  6 01:05Аббосбек Файзуллаев: "РПЛда чемпионлик учун курашишда давом этамиз"  5 00:38РПЛ Қишки кубоги. ЦСКА "Зенит"га пенальтилар сериясида ютқазди. Файзуллаев 71-дақиқада майдонга тушди  1 00:08Неймар "Сантос"даги илк машғулотига вертолетда келди  5

"Evro-2020 kundaligi". Daniya - Belgiya hamda "C" guruhining 2-tur o'yinlari haqida Yangiliklar

"Evro-2020 kundaligi". Daniya - Belgiya hamda "C" guruhining 2-tur o'yinlari haqida

Evropa chempionatining 2-tur o'yinlari davom etmoqda.

Kechagi kunga belgilangan o'yinlardan "B" hamda "C" guruhi jamoalari ishtirokidagi bahslar o'rin olgan edi. 

Kunning dastlabki uchrashuvi Ukraina — SHimoliy Makedoniya terma jamoalar ishtirokdi bo'lib o'tdi. 

O'yinning ilk daqiqalaridanoq Andrey SHevchenko shogirdlari faollik bilan harakat qila boshlashdi. 8-daqiqada Malinovskiyning zarbasini Makedoniya posboni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 28-daqiqada  Forvardning yaqin masofadan bergan zarbasini makedoniyalik posbon qaytarishga muvaffaq bo'ldi, burchak o'tkir edi. Aynan shu vaziyatdan so'ng hisob ochildi. To'p burchakdan uzatildi, yaqin burchakka yugurgan Karavaev orqasiga qaramay ajoyib pas berdi va uzoq burchakdagi Yarmolenko hisobni ochdi. 

Oradan 5 daqiqa o'tar-o'tmas Yaremchuk oradagi farqni tiklash uchun oldinga chiqib ketgan makedoniyaliklar himoyada xatoga yo'l qo'yishdi va himoyachilardan qochib ketgan Yaremchuk o'z jamoasining ikkinchi golini urdi. SHu tariqa birinchi bo'lim yakuniga etdi. 

Ikkinchi bo'limni esa hisobda orqada qolayotgan SHimoliy Makedoniya terma jamoasi faollik bilan boshladi. Ularning faolligi esa Ukraina darvozasi tomon penalti belgilandi. Ukraina darvozaboni Bushan penaltini qaytardi, ammo qaytgan to'pgan yana Alioski zarba berdi va darvozani ishg'ol qildi. Hisob qisqarganidan so'ng faollik ukrainaliklar tomoniga o'tdi. 81-daqiqada esa bosh hakam makedoniyaliklar darvozasi tomon penalti belgilandi.  Dmitrievski esa Malinovskining zarbasini qaytardi. 

SHu tariq mazkur bahs ukrainaliklarning g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Statistik malumotlar:

— Andriy Yarmolenko Ukrainada Evropa chempionatida gol urish bo'yicha ikkita gol bilan Andriy SHevchenkoga etib oldi; 

— Ukraina SHimoliy Makedoniyaga qarshi so'nggi uchta o'yinda g'alaba qozondi — bundan oldingi ikkita o'yin EVRO-2016 saralashidp (2:0, 1:0) edi.

Kunning ikkinchi o'yini "B" guruhidan o'rin olgan Daniya — Belgiya terma jamolari ishtirokida bo'lib o'tdi.

O'yin oldidan Belgiya favorit ko'ringandi, ammo mazkur bahsning ilk daqiqalaridanoq daniyaliklar oldinga o'tishni boshladi. 2-daqiqadayoq Daniya terma jamoasi futbolchisi Yussuf Poulsen hisobni ochdi. Dastlabki 15 daqiqada Daniya Belgiyani jarima maydonchasi ichiga "qamab qo'ydi". Ketma-ket xavfli hujumlar, zarbalar belgiyaliklarni shoshirib qo'ygani aniq. 26-daqiqada Daniel Vass to'ni o'ziga to'g'rilab oldi, zarba berish nuqtasiga chiqdi va yo'lladi. To'p darvoza to'sini utsidan o'tib ketdi. Bo'lim so'nggiga kelibgina Belgiya daniyaliklar jarima maydonchisi oldida xavfli vaziyat yaratishga urunishdi. Ammo undan naf chiqmadi. SHu tariqa birinchi bo'lim yakunlandi. 

Ikkinchi bo'limni esa Belgiya anchagina xavfli vaziyatlar bilan boshladi. Bu esa 54-daqiqaga kelibgina samara berdi. Lukaku hamda de Bryuyne tashkil etgan hujumni Torgan Azar gol bilan yakunladi – 1:1. Oradan 15 daqiqa o'tib Belgiya yana gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. Kevin de Bryuyne o'zining kuchli zarbasi orqali darvozani ishg'ol qildi. SHundan so'ng Daniya yana xavfli hujumlar tashkil etishda davom etdi. Biroq o'yinda boshqa gol urilmadi va Belgiyaliklar irodali g'alaba qozondi. 

Statistik malumotlar:

— Evropa chempionatida birinchi marta birinchi golni o'tkazib yuborgan Belgiya g'alaba qozondi; 

— Belgiya so'nggi 25 xalqaro o'yinning faqat bittasida mag'lub bo'ldi;

— Birinchi marta Belgiya guruh bosqichini ketma-ket ikkita g'alaba bilan boshladi va ular beshta gol urishdi, bu ularning guruh bosqichidagi eng yuqori ko'rsatkichi;

— De Bryuyne 2014 va 2018 FIFA Jahon chempionatlarida urgan bo'lsa ham, Evropa chempiontadia o'zining birinchi golini urdi; 

— Dris Mertens Belgiya tarkibida o'zining 100-xalqaro o'yinini o'tkazdi; 

— Daniya Evropa chempiontadigi so'nggi 12 uchrashuvning atigi ikkitasida g'alaba qozondi. 

Evro-2020. 2-turdan keyin “B” guruhidagi holat

Ushbu guruhdagi 3-tur bahslari 21 iyun kuni 00:00 da boshlanadi. SHu kuni Rossiya — Daniya hamda Finlyandiya — Belgiya uchrashuvlari o'tkaziladi.

Kechagi kungi belgilangan so'nggi o'yin esa Niderlandiya — Avstriya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. O'yinning ilk daqiqalaridanoq Niderlandiya tashabbusni o'z qo'liga oldi. 9-daqiqada  Alaba Dyumfrisga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Mazkur holatni VAR ko'rib chiqdi hamda penalti belgiladi. Mazkur vaziyatni esa Memfis Depay golga aylantirdi. Birinchi bo'limda boshqa aytarli xavfli vaziyat bo'lmadi. 

Ikkinchi bo'limda ham asosan ustunlik Niderlandiya tomonda bo'ldi. 67-daqiqada Malenning qulay pasidan keyin Dyumfris hisobni oshirdi – 2:0. 81-daqiqada David Alaba uzoq masofadan xavfli zarba berdi, biroq noaniq ketdi. SHu tariqa o'yin o'z nihoyasiga etdi. Niderlandiya o'yinda g'olib chiqdi va pley-off yo'llanmasini naq qildi.

Statistik malumotlar:

— Depay o'zining Niderlandiya safidagi 27-golini urdi. U terma jamoaning 49 ta golida ishtirok etgan: 27 ta gol va 22 ta golli uzatma;

— Niderlandiya Avstriyaga qarshi so'nggi etti xalqaro o'yinning barchasida g'alaba qozondi; 

— Gollandiya so'nggi 12 xalqaro o'yinning faqat bittasida mag'lub bo'ldi.

Evro-2020. 2-turdan keyin "C" guruhidagi holat

Mazkur guruhdagi 3-tur o'yinlari 21 iyun kuni 21:00 da start oladi. Unda SHimoliy Makedoniya — Niderlandiya hamda Ukraina — Avstriya uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика