So’nggi yangiliklar

19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  0 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  0 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  4 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  13 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  20 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  23 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  8 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  17 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  17 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  8

Evro-2020. "Skuadra Adzurra" - Evropa chempioni! Ikkinchi g'alabani Italiya 53 yil kutdi! Yangiliklar

Evro-2020. "Skuadra Adzurra" - Evropa chempioni! Ikkinchi g'alabani Italiya 53 yil kutdi!

Evro-2020 finali yakuniga etdi.

Qita chempionati hal qiluvchi bahsida g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Roberto Manchini shogirdlari omadliroq chiqdi. 


Italiya – Angliya 1:1 (penalti 3:2)
"Uembli" stadioni
Gollar: 0:1 – 2 SHou, 1:1 – 67 Bonuchchi.

Italiya – Donnarumma, Bonuchchi, Emerson (Florenci, 118), Di Lorenco, Kellini, Verratti (Lokatelli, 96), Jorjino, Insine (Belotti, 90), Barella (Kristante, 54), Keza (Bernardeski, 86), Immobile (Berardi, 55).

Angliya – Pikford, Tripper (Saka, 71), Maguayr, Stounz, SHou, Maunt (Grilish, 99), Rays (Xenderson, 74; Reshford, 120), Sterling, Fillips, Uoker (Sancho, 120), Keyn.

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2.

Ogohlantirishlar: Barella (47), Bonuchchi (55), Insine (84), Kellini (90), Maguayr (106), Jorjino (114).


Italy

Leonardo Bonucci - 67', Domenico Berardi - 121', Leonardo Bonucci - 121', Federico Bernardeschi - 121'

EURO Final Stage . final-tur

12/07/2021, 00:00

3
:
4
Tugadi

England

Luke Shaw - 2', Harry Kane - 121', Harry Maguire - 121'

Stadion: Wembley, 67173 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
120'
47'  Nicolo Barella
54'  Nicolo Barella (Bryan Cristante)
54'  Ciro Immobile (Domenico Berardi)
55'  Leonardo Bonucci
67'  Leonardo Bonucci
67'  Marco Verratti
84'  Lorenzo Insigne
86'  Federico Chiesa (Federico Bernardeschi)
90'  Giorgio Chiellini
91'  Lorenzo Insigne (Andrea Belotti)
96'  Marco Verratti (Manuel Locatelli)
114'  Jorginho
118'  Emerson (Alessandro Florenzi)
2'  Luke Shaw
2'  Kieran Trippier
70'  Kieran Trippier (Bukayo Saka)
74'  Declan Rice (Jordan Henderson)
99'  Mason Mount (Jack Grealish)
106'  Harry Maguire
120'  Jordan Henderson (Marcus Rashford)
120'  Kyle Walker (Jadon Sancho)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


O'ninchi zarba, to'p oldida Saka... Zarbaaaa... Donnarummadan ham seyv hamda "Skuadra Adzurra" - Evropa chempioni! 

To'qqizinchi zarba, to'p oldida Jorjino... Zarbaaaa... va yana PIKFOOORD! Kurash davom etadi.  

Sakkizinchi zarba, to'p oldida yana bir zaxiradan tushgan futbolchi Sancho... Zarba va yana bir MYU vakili gol ura olmadi! 

Ettinchi zarba, to'p oldida Bernardeski... Zarba, GOOOOL! Italiya oldinga chiqib olmoqda!

Oltinchi zarba, to'p oldida penalti tepish uchun tushgan Reshford... Zarba va YO'Q! Zarbani juda paysalga solgan Markus qovun tushirdi.   

Beshinchi zarba, jamoasini uchinchi urinishiga Bonuchchi... Zarba, GOOOOL! 

To'rtinchi zarba, to'p oldida Maguayr... Zarba, GOOOOL! 2:1 Angliya hozircha oldinda.

Ana xolooos...

Uchinchi zarba, to'p oldida Belotti... Zarba, PIKFOOOORD! 

Ikkinchi zarba, to'p oldida Keyn... Zarba, GOOOOL! 

Birinchi zarba, to'p oldida Berardi... Zarba, GOOOOL! 

Birinchi zarbani Italiya amalga oshiradi. 

Zarbalar angliyalik ishqibozlar o'tirgan sektor oldidagi darvozaga beriladigan bo'ldi. 

Bo'ldi, hakamning hushtagi chalindi va u finalning asosiy vaqtida g'olib nomi aniqlanmaganini bildiradi. 

Qo'shib berilgan daqiqalarda ham asosan Italiya raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda. Lekin chinakamiga xavfli holatlagacha ish bormayapti. 

120-daqiqa. Finalga oxirgi marta 3 daqiqa qo'shib berildi. 

Italiya Evroning oxirgi daqiqalarini hujumda o'tkazmoqda.  

120-daqiqa. O'zgarish! O'zi zaxiradan maydonga tushgan Xenderson o'rniga Reshford, Kayl Uoker o'rniga esa Jeydon Sancho maydonga tushirildi.  

119-daqiqa. Hozirgina maydonga tushgan Florenci jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi.  

118-daqiqa. O'zgarish! Emerson o'rniga Florenci o'yinga qo'shildi.  

114-daqiqa. Ogohlantirish! Jorjino to'p uchun harakati o'ta qo'poli urinishga aylanib ketdi va italiyalik futbolchi Grilishning oyog'ini bosib o'tib ketdi. Vaziyatga ancha yaqin turgan Kyoypers shu ondayoq sariq kartochkani cho'ntagidan chiqardi.

111-daqiqa. Angliya vakillarining kuchi ko'proqdek tasavvur uyg'onmoqda. Kim biladi deysiz, balki bu aldamchi holatdir. 

108-daqiqa. Futbolchilar oxirgi kuchlarini ishga solib, hujumga, gol urishga intilishmoqda... Natijada o'yin tempi tezlashdi va kurash har ikki darvoza oldida kechdi. Biroq hozircha yakuniy zarbani aniq amalga oshira oladigan futbolchi topilmayapti. 

106-daqiqa. Ogohlantirish! Xarri Maguayr qo'polligi sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. Belotti jabrlanuvchi rolida. 

Lyuk SHouning uzatmasidan keyin hamma darvoza tomon yugurdi va Italiyaning 2 vakili maydonga yiqildi, hakam esa ularga raqib "yordam berib yuborganini" malum qildi. Tanaffus. 

To'p Lokatellining qo'liga tekkani uchun hakam hushtak chaldi va inglizlar bo'limdagi oxirgi urinishga ega bo'lmoqda. 

105+1-daqiqa. Di Lorenso Grilishga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

105-daqiqa. Birinchi ekstra-taymga Kyoypers 1 daqiqa qo'shib berdi. 

105-daqiqa. Kurash har ikki jarima maydoni o'rtasida kechmoqda.  

101-daqiqa. Jek Grilish jarima maydonida raqiblarini chalg'itib, Sakaga vaziyat yaratib berishi mumkin edi, ammo Di Lorensoning faolligi bunga imkon qoldirmadi.   

100-daqiqa. Angliya bosim uyushtirmoqda, lekin Italiya himoyachilari to'pni qaytarishda ancha xotirjam harakat qilishmoqda.  

98-daqiqa. Italiyaning urinishi yakuniga etmay qoldi. 

96-daqiqa. O'zgarish! Marko Veratti o'rniga Lokatelli o'yinga qo'shilmoqda. 

92-daqiqa. Xenderson to'p bilan ketayotgan Bernardeskini quvayotganida Emersonga urilib ketdi. Hakam o'yinni to'xtatdi. 

Asosiy vaqtning oxirgi qismida bo'lganidek, qo'shimcha bo'limlarda ham Italiya nazoratni o'z qo'liga olishga intilmoqda. 

91-daqiqa. Demak, kettik. 

O'zgarish! Insine o'rniga Belotti o'yinga qo'shildi. 

Yana ekstra-taymlarga murojaat qilamiz.

Uzatmadan keyin himoyachilar to'pni qaytarishdi va hakam asosiy vaqt yakunlangani haqidagi hushtagini chaldi. 

90+6-daqiqa. Kellini raqibini o'tkazib yuborgach, Sakani futbolkasidan ochiqchasiga tortib, yiqitib qo'ydi.   

90+5-daqiqa. Pikford tez harakat qilib, hujumning oldingi chizig'ida turgan Mauntga to'pni etkazishga urinib ko'rdi, ammo urinish kuchliroq chiqdi va Donnarumma xavfni bartaraf etdi.  


90+3-daqiqa. Italiya to'pni o'zida ushlab turibdi. Lekin har ikki jamoa ham xavfli vaziyatga yaqin ham kelmayapti.  

Zarbaga imkon topolmagan inglizlar qarshi hujumdan qo'rqib, Verattini yiqitib qo'ya qolishdi. 

90+1-daqiqa. Sterlingga nisbatan fol ishlatildi. Standart vaziyat. 

Bosh hakam finalga 6 daqiqa qo'shib berdi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqti yakuniga etdi.  

89-daqiqa. Sterling tezligini ishga solib raqiblarini ortda qoldirib ketayotganida, maydon tugab qolganini sezmay qoldi.  

87-daqiqa. Bu finalda hamma narsani ko'rdik deyishimiz uchun muxlislardan biri maydonga tushib ketdi. Yana to'xtalish.  

86-daqiqa. O'zgarish! Keza o'rnini Bernardeskiga bo'shatib berdi.  

Uzatmadan keyin to'p SHouga kelib tushdi, biroq himoyachining bu safargi urinishi noaniq chiqdi. 

84-daqiqa. Ogohlantirish! Insine Fillipsga nisbatan qo'pollik uchun sariq kartochka ishlab oldi.  

84-daqiqa. Angliya o'ziga keldi va to'pni nazorat qilib, hujum uyushtirishga harakat qilmoqda.  

Yarim himoyachi o'yinni davom ettira olmaydigan ko'rinadi. 

Federiko Keza turishga shoshilmayapti... Unga shifokorlar maydonning o'zida yordam ko'rsatishyapti. 

80-daqiqa. Italiya to'pni olib qo'ygach, Keza katta tezlikda qarshi hujumga intildi va jarima maydoniga kiraverishda yiqilib tushdi, ammo hakam o'yin qoidasi buzilmaganini, bahsni davom ettirishni so'radi.  

78-daqiqa. Veratti Sakaga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Nominal mehmonlar standart vaziyatdan samara chiqara olishmadi.  

77-daqiqa. Taxminan 2 daqiqadan ko'proq vaqt davomida Italiya to'pni o'z nazoratida ushlab turdi va keyingina Maguayr uni olib qo'ydi hamda himoyachiga nisbatan qoida buzildi. 

75-daqiqa. Saka raqibini aldab o'tish chog'ida, to'pni qo'li bilan o'ynab yubordi.  

74-daqiqa. O'zgarish! Deklan Rays o'rniga Xenderson tushdi.  

Jordan Xenderson maydonga tushishga tayyorlanmoqda. 

72-daqiqa. Italiya to'pni nazorat qilmoqda. 

70-daqiqa. O'zgarish! Kiran Triper o'rniga maydonga Bukayo Saka tushirildi. 

Kurash davom etadi... 

67-daqiqa. GOOOOOOL! Burchak zarbasidan keyin Bonuchchi oxiri to'pni darvoza to'riga yo'lladi.    

66-daqiqa. Maguayr to'pni maydondan chiqarib yubordi va yana standart. Burchak zarbasi. 

64-daqiqa. Uzatmadan keyin Jon Stouns zarba yo'llashga imkon topdi, Donnarumma o'z o'rnida. 

63-daqiqa. Di Lorenso to'pni saqlab qola olmadi va Angliya burchak zarbasini amalga oshiradi.

62-daqiqa. Xavfli vaziyat! Kezaning ajoyib harakatlari va zarbasi... Pikforddan chiroyli seyv. Posbon himoyachilariga umidli nigoh bilan qaramoqda va "nima qilyapsizlar o'zi" dengandek bo'lyapti.

60-daqiqa. Tayanch yarim himoyachi, raqib hujumini buzishi kerak bo'lgan Deklan Rays yana reyd uyushtirib ko'rdi, lekin oxir-oqibat to'pni o'zidan qochirib yubordi.

59-daqiqa. Italiyaliklar oddiy vaziyatda to'pni yo'qotishdi. Manchini tabiiyki nimalardandir norozi.

57-daqiqa. Xavfli vaziyat! Hozir Insine jamoasining o'yindagi eng xavfli vaziyatidan foydalana olmadi. Bunda albatta Pikfordning ham hissasi katta. 

56-daqiqa. Lyuk SHouning uzatmasi Maguayrning zarbasi, lekin noaniq...

55-daqiqa. Ogohlantirish! Birinchi bo'lim so'ngida asablari pand berishni boshladi deganimiz, himoyachi Leo Bonuchchi Sterlingning oyog'iga ayamay zarba berdi. 

54-daqiqa. O'zgarishlar! Nikolo Barella o'rniga Brayan Kristante hamda CHiro Immobile o'rniga Domeniko Berardi o'yinga qo'shildi.  

53-daqiqa. Insine chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va markazroqqa o'tib, zarba yo'lladi, ammo juda noaniq. 

52-daqiqa. Keza katta tezlikda hujumni rivojlantirdi va uzatmani amalga oshirgandi, ammo Kayl Uoker xotirjam o'ynadi hamda to'pni darvozabon Pikfordga tashlab berdi. 

51-daqiqa. Taxminan 20 metrlardan Insinening bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

50-daqiqa. Bu safar endi Sterlingning o'zi qoidani buzdi va hakam jarima zarbasi belgiladi.  

48-daqiqa. Raxim Sterling jarima maydoni ichida yiqilib tushdi... Raximdan tashqari Keyn ham hakamga etiroz bildirdi, ammo Kyoypers hech nima bo'lmadi dedi.   

47-daqiqa. Ogohlantirish! Nikolo Barella Keynga nisbatan qo'pol harakati uchun ogohlantirildi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

SHu pallada hakam hushtak chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi. Juda tez o'tib ketgandek tuyulgan birinchi bo'limda, yaxshiroq o'yin namoyish qilgan Angliya haqli ravishda hisobda oldinda bormoqda. 

45+4-daqiqa. Bonuchchining asablari pand berishni boshladi-mi? Himoyachi keraksiz joyda, ancha uzoq masofadan noaniq zarba yo'lladi.   

45+2-daqiqa. Angliyaning hozirgi vaziyatda oradagi farqni ikkitaga oshirib qo'yishi mumkin edi. 

45+1-daqiqa. Xavfli vaziyat! Di Lorensoning qanotdan uzatmasidan keyin CHiro Immobile to'pni to'xtatmay zarba berdi, lekin Jon Stouns to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga bosh hakam 4 daqiqa qo'shib berdi.  

44-daqiqa. Deklan Rays hujumga qo'shildi va uzatmani cho'zib yuborgani sababli, to'pni sheriklariga etkaza olmay qoldi.  

43-daqiqa. Insine xatoga yo'l qo'ydi va to'pni raqibga sovg'a qildi. 

41-daqiqa. Maunt o'yin qoidasini buzdi, hakam jarima zarbasi belgiladi.  

39-daqiqa. Birinchi bo'limda deyarli ko'rinmagan CHiro Immobile o'yindan tashqari holatga tushib, o'zini eslatib qo'ydi. 

36-daqiqa. Lyuk SHou oxirigacha kurashdi va uzatmani amalga oshirgandi, ammo uning jarima maydonidagi sheriklari zarbani bera olishmadi.  

35-daqiqa. Fede Keza Deklan Raysni yosh boladek aldab ketdi va chap oyoqda kuchli zarba berdi, to'p biroz noaniq ketganigina Angliyani goldan qutqarib qoldi.  

Kiran Triper hamon agressiv harakat qilmoqda, lekin hozircha hakam bunga ortiqcha etibor bermayapti. 

33-daqiqa. Maunt va Sterling juftligi golli vaziyat yaratishiga himoyachilar imkon qoldirmadi.  

32-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni zarba bilan yakunlaydigan italiyalik topilmadi.  

29-daqiqa. Angliyaning hujumi xavfli tus olishi mumkin edi, ammo Keyn negadir shoshmaslikka qaror qildi va oxir-oqibat to'p yo'qotildi.  

27-daqiqa. Italiya hozirgi daqiqalarda hujumdan ham ko'ra, to'pni biroz o'z nazoratida ushlab turish va raqibning zaif nuqtalarini topishga harakat qilayotgandek.   

25-daqiqa. Italiya ijrosida xavfli hujum bo'lishi mumkin edi, lekin himoyachilar xavfni bartaraf etishdi va oxirida Keza to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

24-daqiqa. Avvaliga Deklan Rays keyin Xarri Keyn raqiblari qarshiligini sezmagandek, to'pni jamoasida saqlab qolishdi. 

22-daqiqa. Jorjino shifokorlar yordamiga muxtoj, qolgan hammma esa yuzaga kelgan to'xtalishdan foydalanib qolish payida.  

Madhiya vaqtida Manchini shogirdlari shijoat ko'rsatgan bo'lsa, o'yinning ilk daqiqalarida inglizlar to'pga qo'shib, raqibni ham tepib ketmoqda, to'qnashuvlardan qochmayapti. 

20-daqiqa. Italiya futbolchilari ko'pchilik bo'lib to'pni Keyndan olib qo'yishgandi, hakam qoida buzilganini qayd etdi.  

18-daqiqa. Di Lorenco va Keza bir-birini tushunmadi va to'p yo'qotildi. 

17-daqiqa. Bir qarashda to'p Angliya himoyachisidan maydonni tark etgan va Italiya burchak zarbasi tepishi kerak edi, ammo yon hakam Emersonda o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

16-daqiqa. Deklan Rays hech tortinmay to'pni to'g'ri kelgan tomonga, muhimi jamoasi darvozasidan uzoqlashtirdi. 

14-daqiqa. To'p oxirgi bo'lib Mauntning oyog'iga tegib maydonni tark etganini Kyoypers sezmadi va burchak zarbasi. Ketma-ket uzatmalardan keyin to'p Donnarummaning qo'liga borib tushdi va endi Italiya hujum tashkillashtirishga urinadi. 

13-daqiqa. Angliya burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatmadan keyin Jiji Donnarumma to'pga chiqib keldi va ishonch bilan uni egallab oldi.  

Gol urilgan vaziyatga etibor qaratadigan bo'lsak, Kellini negadir chap qanotga ketib qolgan, Di Lorenco esa markazdagi Keynni ortidan ketib, joyini bo'sh qoldirganini sezish mumkin.

10-daqiqa. Maydonda hech kim raqibini ayamayapti. Triper hozir katta tezlikda Italiya futbolchisi, adashmasam, Insinega borib urildi va darhol hakamga norozi ohangda, hech nima bo'lmagani hamda raqibi o'zidan-o'zi yiqilib olganini takidladi.   

9-daqiqa. Inglizlar yana chap qanotdan oldinga o'tishga urindi, ammo to'p maydonni tark etdi.  


7-daqiqa. Gol muallifi Lyuk SHou qoidani buzdi va Italiya qulay nuqtadan jarima zarbasi amalga oshiradi. Zarba berildi, lekin noaniq. 

Buyog'iga jamoalar qanday harakat qilishi ham juda qiziq. 

2-daqiqa. GOOOOOOOL! Inglizlarning birinchi hujumiyoq gol bilan yakunlandi. Lyuk SHou! Kiran Triper oshirgan to'pni narigi qanot himoyachisi golga aylantirdi. Qoyil! 

Xavf bartaraf etildi. 

2-daqiqa. Kutilmaganda Xarri Maguayr xatoga yo'l qo'ydi va burchak zarbasi.

1-daqiqa. FINAL BOSHLANDI! 

O'z navbatida Angliya madhiyasini deyarli butun stadion kuyladi. 

Italiya termasi azolari, o'rganib ulgurganimiz, davlat madhiyasini o'zgacha bir shijoat bilan kuylashmoqda. 

Uchrashuv boshlanishiga tobora oz qolmoqda. 

Italy

Leonardo Bonucci - 67', Domenico Berardi - 121', Leonardo Bonucci - 121', Federico Bernardeschi - 121'

EURO Final Stage . final-tur

12/07/2021, 00:00

3
:
4
Tugadi

England

Luke Shaw - 2', Harry Kane - 121', Harry Maguire - 121'

Stadion: Wembley, 67173 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
120'
47'  Nicolo Barella
54'  Nicolo Barella (Bryan Cristante)
54'  Ciro Immobile (Domenico Berardi)
55'  Leonardo Bonucci
67'  Leonardo Bonucci
67'  Marco Verratti
84'  Lorenzo Insigne
86'  Federico Chiesa (Federico Bernardeschi)
90'  Giorgio Chiellini
91'  Lorenzo Insigne (Andrea Belotti)
96'  Marco Verratti (Manuel Locatelli)
114'  Jorginho
118'  Emerson (Alessandro Florenzi)
2'  Luke Shaw
2'  Kieran Trippier
70'  Kieran Trippier (Bukayo Saka)
74'  Declan Rice (Jordan Henderson)
99'  Mason Mount (Jack Grealish)
106'  Harry Maguire
120'  Jordan Henderson (Marcus Rashford)
120'  Kyle Walker (Jadon Sancho)

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.  

Italiya — Angliya

Italiya: Donnarumma, Di Lorenco, Bonuchchi, Kellini, Emerson, Barella, Jorjino, Verratti, Keza, Immobile, Insine.

Angliya: Pikford, Uolker, SHou, Rays, Stounz, Maguayr, Tripper, Sterling, Fillips, Maunt, Keyn.


Italy

Leonardo Bonucci - 67', Domenico Berardi - 121', Leonardo Bonucci - 121', Federico Bernardeschi - 121'

EURO Final Stage . final-tur

12/07/2021, 00:00

3
:
4
Tugadi

England

Luke Shaw - 2', Harry Kane - 121', Harry Maguire - 121'

Stadion: Wembley, 67173 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
120'
47'  Nicolo Barella
54'  Nicolo Barella (Bryan Cristante)
54'  Ciro Immobile (Domenico Berardi)
55'  Leonardo Bonucci
67'  Leonardo Bonucci
67'  Marco Verratti
84'  Lorenzo Insigne
86'  Federico Chiesa (Federico Bernardeschi)
90'  Giorgio Chiellini
91'  Lorenzo Insigne (Andrea Belotti)
96'  Marco Verratti (Manuel Locatelli)
114'  Jorginho
118'  Emerson (Alessandro Florenzi)
2'  Luke Shaw
2'  Kieran Trippier
70'  Kieran Trippier (Bukayo Saka)
74'  Declan Rice (Jordan Henderson)
99'  Mason Mount (Jack Grealish)
106'  Harry Maguire
120'  Jordan Henderson (Marcus Rashford)
120'  Kyle Walker (Jadon Sancho)

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика