So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  3 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  12 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  5 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  8 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Evro-2020. Italiya - yarim finalda Yangiliklar

Evro-2020. Italiya - yarim finalda

Evro-2020ning 1/4 finalidan o'rin olgan Belgiya - Italiya bahsi bo'lib o'tdi.

Belgiya – Italiya 1:2
"Alyanc-Arena" o'yingohi
Gollar: 0:1 – 31 Barella, 0:2 – 44 Insine, 1:2 – 45, penalti Lukaku.

Belgiya – Kurtua, Vermalen, Alderveyreld, Vertongen, Mene (SHadli, 70; Prat, 74), Tilemans (Mertens, 69), Vitcel, de Bryuyne, Azar, Doku, Lukaku.

Italiya – Donnarumma, Bonuchchi, Kellini, Di Lorenco, Spinaccola (Emerson, 79), Verratti (Kristante, 74), Jorjino, Keza (Toloi, 90), Barella, Insine (Berardi, 79), Immobile (Belotti, 74).

Ogohlantirishlar: Verratti (20), Tilemans (21), Berardi (90).


Belgium

Romelu Lukaku - 45'

EURO Final Stage . 1/4-tur

03/07/2021, 00:00

2
:
1
Tugadi

Italy

Nicolo Barella - 31', Lorenzo Insigne - 44'

Stadion: Fussball Arena Munich, 12984 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
21'  Youri Tielemans
45'  Romelu Lukaku
69'  Youri Tielemans (Dries Mertens)
69'  Thomas Meunier (Nacer Chadli)
73'  Nacer Chadli (Dennis Praet)
13'  Leonardo Bonucci
20'  Marco Verratti
31'  Nicolo Barella
31'  Marco Verratti
44'  Lorenzo Insigne
74'  Marco Verratti (Bryan Cristante)
74'  Ciro Immobile (Andrea Belotti)
79'  Lorenzo Insigne (Domenico Berardi)
79'  Leonardo Spinazzola (Emerson)
90'  Domenico Berardi
90'  Federico Chiesa (Rafael Toloi)


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Belgiyaning oltin avlodi bu safar ham hech nimasiz uyga qaytadigan bo'ldi. Italiya esa raqibdan biroz yaxshiroq va dadilroq harakat qildi hamda niyatiga etdi.  

90+6-daqiqa. Belgiyada burchak zarbasi... Uzatmadan keyin ko'ngildagidek zarba berishning imkoni topilmadi va Donnarumma o'yinni qayta boshlashini ham kutib o'tirmagan hakam hushtak chalib, bellashuv yakunlanganini malum qilmoqda.   

90+3-daqiqa. Italiyaliklar birin-ketin maydonga qulamoqda... Belgiya azolari esa bundan tabiiyki norozi.  

Hakam Vitsel Donnarummaga nisbatan xavfli o'ynadi deb hisobladi va yana to'xtalish. 

90+1-daqiqa. O'zgarish! Keza o'rniga Lokatelli o'yinga qo'shildi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Zarbaaa! To'p Berardiga tegdi. Futbolchi yana o'yin qoidalarini buzmoqda va Domeniko sariq kartochka ishlab oldi.  

89-daqiqa. De Bryuyne katta ehtimol o'zi uchun jarima zarbasi ishlab oldi. Berardi qoidani buzdi. Xavfli nuqta va KDBning o'zi to'p oldida.  

88-daqiqa. Italiya to'pni shunchaki duch kelgan tomonga tepib yuborishni boshladi.  

87-daqiqa. Doku yana o'z kuchigagina ishongan holda nimadir qilishga urinib ko'rdi, lekin Di Lorenco to'pni olib qo'ydi. 

86-daqiqa. O'yinning asosiy vaqti yakunlanishiga besh daqiqadan ozroq vaqt qolmoqda. 

84-daqiqa. Doku bir o'zi raqibning barcha himoyachilarini aldashga qaror qildi, qisman buni uddaladi va zarba berdi, ammo to'p darvozadan yuqoriroqdan o'tib ketdi.     

83-daqiqa. Leonardo Bonuchchi juda xavfli to'p uzatishini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.  

82-daqiqa. Dris Mertens hujumda fol ishlatdi va raqib yana shoshilmay to'pni o'yinga kiritadi. 

81-daqiqa. Belgiyaliklar shoshilmoqda. 

79-daqiqa. O'zgarishlar! Manchini imkoniyatdan foydalanishga qaror qildi. Lorenco Insine o'rniga Domeniko Berardi hamda Spinaccola o'rniga Emerson o'yinga qo'shildi.  


77-daqiqa. Ajoyib musobaqa va bugun ham ajoyib o'yin o'tkazayotgan Leonardo Spinaccola oyoq mushaklarini cho'zib oldi va darhol, o'zini alishtirishlarini so'radi.  

75-daqiqa. Lukaku zarba berdi, lekin himoyachiga tegib to'p to'g'ri Donnarummaning qo'liga borib tushdi. 

74-daqiqa. O'zgarish! Marko Veratti va CHiro Immobile va o'rniga Kristante va Belotti jangga tashlandi. 

74-daqiqa. O'zgarish! SHadli o'yinni davom ettira olmadi va uning o'rnini "Lester" vakili Prat egalladi.  

72-daqiqa. Hozirgina o'yinga qo'shilgan SHadli tizzasini ushlagancha to'xtab qoldi... Futbolchiga shifokorlar yordami zarurligi sabab o'yin to'xtab turibdi.

Har ikki jamoa ketma-ket xatolar sabab, to'pni yo'qotdi. 

Zaxiradan tushgan ikki yigit darhol o'ta xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi, lekin oxirgi zarbani amalga oshiradigan futbolchi topilmadi. 

70-daqiqa. O'zgarish! Tilemans va Toma Mene o'rniga SHadli va Mertens o'yinga qo'shildi.   

Dokuga nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

69-daqiqa. Italiya raqibni to'psiz harakat qilishga majbur qilmoqda.  

67-daqiqa. Tomas Vermalen va Insine kelisha olishmayapti. Hakam har ikki futbolchini oldiga chaqirib, o'zlaringni bosib ollaring, dedi chog'i. 

Dris Mertens va Batshuayi maydonga tushishga tayyor holatda turibdi. 

66-daqiqa. Ajoyib kombinaciya va Spinaccola o'yin taqdirini amalda hal qilishi mumkin edi, lekin uning zarbasiga aniqlik etishmadi.  

64-daqiqa. Sal qolsa Belgiyaning uch futbolchisi markazdan qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi, lekin hakam qoida buzilgan deb topdi.  

KDBning uzatmasidan keyin Romelu gol urishdan, ura olmasligi qiyinroqdek edi, lekin hujumchi buni "uddaladi".

61-daqiqa. Uxxxx! O'ta xavfli vaziyat, Romelu Lukaku bir metrlardan darvozani nishonga ola bilmadi, bunga Spinaccola ham qarshilik qilganini takidlash lozim.  

59-daqiqa. Lorenco Insine o'yindan tashqari holatdaligi qayd etildi.  

56-daqiqa. Doku yana tezligini ishga solib, vaziyat yaratishga urinib ko'rdi, lekin Donnarumma ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi. 

55-daqiqa. Bosim ostida qolgan Di Lorenco to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubora qoldi. 

54-daqiqa. Tobi Alderveyreld hujumga qo'shilgandi, lekin jarima maydonchasiga kirib borgan himoyachi to'pni o'zidan qochirib yubordi. 

52-daqiqa. Manchini shogirdlari juda yaxshi hujum uyushtirishdi, ammo Immobile havodan kelayotgan to'pga zarba bera olmadi.  

51-daqiqa. KDB to'p uchun kurashda Jorjinoga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.

50-daqiqa. De Bryuynening uzatmasini Doku to'xtata olmadi, aks holda tezkor vinger bo'sh zonaga o'tib ketishi mumkin edi. 

Lukakuga esa hamon imkon berishmayapti. 

49-daqiqa. Italiyaning uzoq davom etgan hujumi samara keltirmadi. 

47-daqiqa. Bo'limdagi birinchi xavfli vaziyat Tibo Kurtua darvozasi oldida yuz berdi. Kezaning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim start oldi! 

SHu pallada bosh hakamning birinchi bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagi chalindi. Tanaffusdan keyin bundanda qiziq bo'lishiga shubha yo'q.

45+2-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Belgiya taslim bo'lmayapti, Romelu Lukaku hisobni qisqartirdi.    

"VAR" ham bosh hakamning fikrini tasdiqladi. 

45-daqiqa. PENALTI! Keyingi hujumdayoq Doku jamoasiga penalti ishlab bermoqda. 

44-daqiqa. GOOOOOOOOOOL! Insinedan ajoyib dribling, zarba va o'ta chiroyli gol. 

43-daqiqa. Xavfli vaziyat! CHiro Immobile o'ta qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi.   

41-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin to'p Kezaga kelib tushdi, Federikoning kuchli zarbasi biroz noaniq chiqdi.  

39-daqiqa. Belgiya raqib himoyasining zaif nuqtasini hozircha topa olmayapti. 

37-daqiqa. Barellaning uzatmadagi xatosi Italiya hujumini uzib qo'ydi.

34-daqiqa. Belgiya o'zining 6-burchak zarbasidan ham foyda chiqara olmadi.  

33-daqiqa. Ronalduni aldaganimda CHiro Immobile kim bo'libdi degan Tibo hujumchi bilan to'qnashib, maydonga quladi. Hakam o'yin qoidasi Italiya termasi hujumchisi tomonidan buzilgan deb topdi. 


Yarim himoyachi musobaqadagi birinchi golini urdi va qanday muhim pallada.  

31-daqiqa. GOOOOOOOL! Vertongenning qo'pol xatosi va Nikola Barella hisobni ochdi.  

30-daqiqa. Uzatmadan keyin Tomas Vermalen to'pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo'ldi.   

29-daqiqa. Spinaccola ham ishga kirishdi, hujumga qo'shilgan futbolchi jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi. 

27-daqiqa. Lorenco Insinening kuchli zarbasi, biroz noaniq.

27-daqiqa. Standart vaziyatdan keyin italiyaliklarning tezkor qarshi hujumi rivojlanib ketdi va rikoshetdan so'ng Tibo Kurtua o'zini yo'qotib qo'ymadi.

26-daqiqa. De Bryuyne hujumni boshlab berdi va to'pni Lukakuga etkazdi, hujumchi aldamchi harakatlar bilan himoyachilarni chalg'itib, aylanma zarbani amalga oshirdi Donnarumma o'z o'rnida. Burchak zarbasi.  

22-daqiqa. Xavfli vaziyat! Kevin De Bryuynening zo'r zarbasi va Janluiji Donnarummadan ajoyib seyv.

21-daqiqa. Ogohlantirish! Bir daqiqa ham o'tib ulgurmay endi Tilemans Verattiga nisbatan keskin o'ynagani uchun ogohlantirildi.  

20-daqiqa. Ogohlantirish! Yuri Tilemansga nisbatan qo'pollik uchun Marko Veratti sariq kartochka ishlab oldi.  

19-daqiqa. O'yin tempi biroz tushgandek.

17-daqiqa. Belgiya uyg'ondi chog'i. De Bryuynening kuchli zarbasi yo'liga Jorjio Kellini to'g'anoq bo'ldi.  

Tilemansdan kuchli zarba va himoyachiga tegib, to'p maydonni tark etdi. 

16-daqiqa. Belgiya yana chap qanotdan hujum uyushtirishga urinmoqda. Lekin raqibning tajribali himoyachilari ortiqcha imkon qoldirishmayapti. 

15-daqiqa. O'yin davom etadi. Yomon boshlamadik-a?!

YO'Q. O'yindan tashqari holat va gol inobatga olinmadi. 

13-daqiqa. GOOOOOOOL! Qariya Bonuchchi hisobni ochdi. Biroq hakam shoshilmaslikni so'rayapti.   

Burchakdan De Bryuynening oshirgan to'piga sheriklaridan hech kim zarba bera olmadi, keyin Vitsel raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

11-daqiqa. Toma Mene qanotidan hujumga qo'shildi va uning uzatgan to'pi Spinaccolaga tegib, maydonni tark etdi.  

10-daqiqa. Italiya muvozanatni tiklayotgandek. Jamoa to'pni o'z nazorati ushlab, nafaqat raqib oldinga o'tishi imkon bermayapti, balki o'zi hujum uyushtirishga urinmoqda.  

8-daqiqa. Italiyaning urinishi omadsiz yakunlandi va Kurtua erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritdi. 

Bugun anchadan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan ikki kuchli terma bahsi guvohiga aylanayotganimizni alohida takidlash lozim.

6-daqiqa. Jeremi Doku chap qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydoni markaziga to'pni Lukakuga etkazishga urindi, ammo Donnarumma bunga yo'l qo'ymadi.   

4-daqiqa. Ilk daqiqalarda jamoalar nisbatan ehtiyotkor futbol namoyish qilishmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика