Evro-2016 chempioni “Lokomotiv”da qoladigan bo'ldi
05 iyu 2020 08:20
Yangiliklar
Malum bo'lishicha, Moskvaning “Lokomotiv” klubi portugaliyalik 27 yoshli yarim himoyachi Joau Mariuni mavsum so'ngiga qadar klubda olib qoladi. “Loko” futbolchining ijarasini mavsum so'ngiga qadar uzaytirgan. Klub unga maosh to'lashda davom etadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchining Moskva klubi bilan ijara shartnomasi 30 iyunda yakunlashi kerak edi va shundan so'ng Mariu “Inter”ga qaytishi kerak bo'lardi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar