So’nggi yangiliklar

11:10ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди  3 11:01"Бавария" қаторасига тўртинчи бор ПСЖни мағлуб этди — барчаси "қуруқ" ғалабалар  0 10:44Флик: "Сельта"га қарши 2:2дан кейин шундай ишончли ғалабага эришганимиз яхши бўлди"  5 10:22"Ман Сити" ярим ҳимоясини "Ньюкасл" вакили билан кучайтирмоқчи  0 10:00ПРО-Лига. 28-тур расмийлари билан танишинг: Муборакдаги баҳсда аёл ҳакам ишлайди!  2 09:31МЮ чап қанот ҳимоясига Раян Аит-Нурини сотиб олмоқчи  0 09:07Маркиньос: "Рақиб дарвозабоннинг ҳаракатларини чеклаб қўйганди"  0 08:43"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди  19 08:20"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти  5 07:56"Барса" ЕЧЛда қаторасига 4 та ғалабага эришди, умумий ҳисоб – 17:3  26 07:32Компани ПСЖ устидан қозонилган ғалабадан кейин: "Яна 1-2 та гол урганимизда ўйин анча хотиржам руҳда ўтарди"  3 03:07ЕЧЛ. Дембеле четлатилган ўйинда "Бавария" ПСЖ устидан ғалаба қозонди  11 03:05ЕЧЛ. "Барса" йирик ғалаба қайд этди. "Манчестер Сити" "Фейеноорд"га қарши 3:0 ҳисобидаги устунликни сақлаб қола олмади  11 02:03Левандовски ЕЧЛдаги 100-голини урди. Фақат Роналду ва Мессида бундан кўпроқ  9 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Садд" билан дуранг ўйнаган "Ал Ҳилол" плей-офф йўлланмасини нақд қилди. "Ал Насср" ҳам кейинги босқични кафолатлади  6

Evro-1988. Mukofot puli tufayli boykotga uchragan Portugaliya, singan shishadan boshi yorilgan darvozabon, raqib libosini hojatxona qog'oziga qiyoslagan Kuman hamda chempionlik paradi fojiaga aylangan niderlandlar haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Evro-1988. Mukofot puli tufayli boykotga uchragan Portugaliya, singan shishadan boshi yorilgan darvozabon, raqib libosini hojatxona qog'oziga qiyoslagan Kuman hamda chempionlik paradi fojiaga aylangan niderlandlar haqida hikoya qilamiz

Evropa chempionati tarixiga oid qiziqarli malumotlar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

1988 yilgi Evropa chempionati final bosqichiga 10–25 iyun kunlari G'arbiy Germaniya (GFR) mezbonlik qildi. 

1985 yil fevralida UEFA Evropa chempionati mezbonligini GFRga topshirish niyatini malum qilgach, SHarqiy Germaniya (GDR) jiddiy norozilik bildirdi. Ammo Evropa grandlari bunga ahamiyat bermadi. Oradan qisqa muddat o'tgach, baribir GFRga mezbonlik huquqi berildi.

Sakkizta jamoa ishtirokidagi Evro-1988 final bosqichi o'yinlari sakkizta stadionda o'tkazildi. Saralash bosqichida 32 jamoa guruhlarga bo'lingan holda ishtirok etdi. Jamoalar har bir raqib bilan uy va safar o'yinlarini o'tkazishdi, g'alaba uchun ikki, durang uchun esa bir ochko taqdim etildi. Amaldagi chempion Franciya ushbu bosqichdan o'ta olmadi.

Portugaliya terma jamoasi bilan o'ziga xos voqea sodir bo'ldi. 1986 yilgi jahon chempionati boshlanishidan oldin ko'plab o'yinchilar mukofot pullarini oshirishni talab qilishgan, aks holda, mundialga borishdan bosh tortishini malum qilishgan. Federaciya futbolchilarning talablariga rozi bo'lishdan boshqa chorasi qolmadi. Ammo Portugaliya jahon chempionat guruh bosqichida so'nggi o'rinda qolib ketdi. Bundan g'azablangan Portugaliya futbol federaciyasi 8 nafar ishtirokchini umrbod chetlashtirdi. Biroq buning oqibatlari yanada yomonroq bo'lib chiqdi. Portugaliya pasportiga ega bo'lgan yuzdan ortiq futbolchi terma jamoaga boykot qilishga qaror qildi. 

Tasavvur qila olasizmi, portugaliyalik murabbiylar shtabi saralash o'yinlariga qaysi futbolchilardan tarkibni shakllantirgan? Natijada portugaliyaliklar sakkiz o'yindan faqat ikkitasida g'alaba qozonib, saralashdan o'ta olmadi. Jamoa hatto Maltaga qarshi o'z uyida 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Oxir-oqibat, o'sha sakkiz nafar futbolchiga nisbatan chiqarilgan qaror bekor qilindi, biroq saralash o'yinlarida yo'qotilgan ochkolarni qaytarib bo'lmadi.

SHuningdek, saralash bosqichi doirasidagi Niderlandiya — Kipr uchrashuvining dastlabki daqiqalarida toioshabinlardan biri shinani sindirib, u bilan mehmonlar darvozabonining boshini yordi. Keyinchalik posbonga tibbiy yordam ko'rsatilib, uni zambilda olib chiqib ketishdi. O'yin davom etdi, ammo tanaffusdan so'ng 5:0 hisobi qayd etilayotgan payti boshqa muxlis gibrid portlovchi qurilma hamda tutun chiqaradigan kubiksimon portlatgich uloqtirdi: ushbu modda kiprlik zaxira darvozaboni yoniga tushdi va portladi. Xayriyatki, bundan hech kim jabrlanmadi. G'azablangan mehmonlar bir soat davomida maydonga qaytishga ko'ndirildi. Yakunda niderlandiyaliklar 8:0 hisobida g'alaba qozondi, biroq ortga qaytgach, kiprliklar norozilik bildirishdi.


Dastlab UEFA niderlandiyaliklarga texnik mag'lubiyat yozmoqchi edi. Ammo uzoq davom etgan muzokaralar natijasida uchrashuvni qayta o'tkazishga kelishildi. Bo'm-bo'sh stadionda qayta o'tkazilgan bahsda "apelsinranglilar" yana g'alaba qozondi (4:0).

Final bosqichining "A" guruhida GFR guruh peshqadamiga aylangan bo'lsa, Italiya ikkinchi o'rinni egalladi. Ispaniya va Daniya guruhda qolib ketdi.

Buyuk Peter SHmeyxel uchun bu turnir uning Evropa va jahon chempionatlarining final bosqichlarida debyuti bo'ldi. 24 yoshli darvozabon qita chempionatiga ikkinchi darvozabon sifatida yo'l oldi, biroq Troels Rasmussen Ispaniya bilan o'yinda bir nechta qo'pol xatolarga yo'l qo'yganidan so'ng, SHmeyxel darvozadan joy oldi. Garchi Daniya qolgan o'yinlarda mag'lub bo'lgan bo'lsa ham, terma jamoa uzoq yillar davomida o'ziga ishonchli darvozabon topdi.

"B" guruhida esa SSSR etakchiga aylandi, Niderlandiya ham yarim final ishtirokchisiga aylandi. Debyutant Irlandiya va Angliya turnir bilan erta xayrlashdi. Ochilish uchrashuvida Niderlandiya SSSRga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi, biroq keyingi ikki o'yinda zafar quchdi. Angliyaga qarshi uchrashuvda Marko van Basten xet-trikka erishdi.

Yarim finalning dastlabki uchrashuvida GFR Niderlandiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Mazkur qarama-qarshilik favoritini aniqlash qiyin   edi, ammo baribir nemislar ustunroqdek edi - ular guruh bosqichida ishonchliroq ko'rinishdi va chempionat mezbonlari sanalardi.

O'yindan avval niderlandlar bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishdi. Niderlandiyaliklarning takidlashicha, jamoaga yaxshi mehmonxona ajratilmagan, ular shug'ullanishi kerak bo'lgan mashg'ulot maydoni band bo'lgan, Ruud Gullitnga esa tungi soat 1 da nemislar qo'ng'iroq qilib, uyqusini buzishgan va "Milan"dan avval qaysi jamoada o'ynaganini so'rashgan.

Birinchi bo'lim kurashlarga boy bo'ldi, biroq gol urilmadi. Ikkinchi bo'limning boshida esa nemislar hisobni ochishdi. Frank Raykard jarima maydonchasi ichida Yurgen Klinsmanga nisbatan qo'pollik ishlatdi, Lotar Matteus esa penaltini aniq amalga oshirdi. Niderlandiyaliklar o'yin tugashiga 15 daqiqa qolganida, Ronald Kuman tomonidan aniq ijro etilgan penaltidan hisobni tenglashtirdi. So'nggi daqiqalarda van Bastenning zarbasi niderlandlarga Germaniya terma jamoasi ustidan 32 yil ichida ilk g'alabani taqdim etdi.

O'yindan keyin nemis futbolchisi Olaf Ton bilan libos almashgan niderlandiyalik Ronald Kuman raqib futbolkasini hojatxona qog'oziga qiyoslab, nojoiz xatti-harakat amalga oshirdi.

Franc Bekkenbauer Niderlandiya kiyinish xonasiga raqib jamoani tabriklash uchun kirganida, uni istehzo bilan kutib olishdi: "1940 yil Germaniya bizning o'lkamizga bostirib kirgandi, 1988 yil esa biz javob qaytardik".

Niderlandiya xalqi ushbu g'alabani urushda g'alaba qozongandek juda katta tantana bilan nishonladi.

Yarim finalning yana bir bahsida SSSR Italiyani 2:0 hisobida mag'lub etdi. Sovet mamlakati vakillari ikkinchi bo'lim o'rtalarida to'rt daqiqa ichida ikkita to'p kiritishni uddaladi.

25 iyun kuni Myunxendagi "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tgan finalda Niderlandiya SSSRni 2:0 hisobida mag'lub etib, guruh bosqichidagi mag'lubiyat uchun revansh oldi. Birinchi bo'limda Rud Gullit raqib darvozasini ishg'ol qildi, tanaffusdan so'ng Marko van Bastenning jahon futbolchi tarixidagi eng yaxshilaridan biri sifatida etirof etiladigan goli uchrashuv taqdirini hal qildi.

Niderlandiya — SSSR — 2:0 (1:0)

Gollar: Gullit, 35 (0:1), van Basten, 55 (0:2).

Golga aylanmagan penalti: Belanov, 73 (darvozabon).

Niderlandiya: van Brekelen, van Tiggelen, R.Kuman, van Arle, Vanenburg, Myuren, Gullit (sardor), van Basten, E. Kuman, Raykard, Vauters.

SSSR: Dasaev (sardor), Demyanenko, Xidiyatullin, Rac, Aleynikov, Litovchenko, Zavarov, Protasov (Pasulko, 71), Belanov, Mixaylichenko, Gocmanov (Baltacha, 68).


Myunxendagi mag'lubiyatdan so'ng SSSR Evropa chempionatining uchta finalida mag'lub bo'lgan yagona jamoa bo'lib qolmoqda.

Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Marko van Basten 5 ta gol bilan musobaqa to'purariga aylandi. "Uchar niderland" o'sha yili "Milan" klubi va terma jamoadagi muvaffaqiyati uchun "Oltin to'p" bilan taqdirlandi.

"Men og'ir yilni o'tkazdim, jarohatlar tufayli juda ko'p muammolarga duch keldim, ammo turnir davomida hammasi o'zgardi", dedi Van Basten o'sha davrni yodga olib.

Darhaqiqat, Van Basten jaroohatidan tezroq forig' bo'lishi hamda 12-o'chinchi deya hisoblanadigan muxlislar daldasi etib borishi uchun u turnir davomida ramziy manoda 12-raqamli libosda harakat qilgan.

Turnir g'olibi Niderlandiya terma jamoasi tarkibi

Darvozabonlar: Xans van Brekelen, Yoop Xile

Himoyachilar: Ronald Kuman, Frank Raykaard, Berni van Arle, Vim Kuvermans, Yakob Troost, Adri van Tiggelen, Vilbert Syuvreyn

Yarim himoyachilar: Yan Vouters, Arnold van Myuren, Gerald Vanenburg, Aaron Vinter, Ervin Kuman, Xenk Kryuzen

Hujumchilar: Jon van’t Sxip, Marko van Basten, Vim Kift, Jon Bosman, Ruud Gullit.

Evro-1988'da darvozabon Piter SHilton Angliya terma jamoasi safida 100 ta o'yin o'tkazgan to'rtinchi futbolchiga aylandi. Biroq yubiley muvaffaqiyatli o'tmadi, chunki u Marko van Bastendan uchta gol o'tkazib yubordi va jamoasi 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rinus Mixels 70-yillarda "Ayaks"dagi faoliyati davomida total futbol uslubini ixtiro qilgani bilan dovrug' qozongan edi. Mixels ushbu uslubni terma jamoaga ham singdira oldi.

Turnir ramziy terma jamoasi: Xans van Brekelen (Niderlandiya), Juzeppe Bergomi (Italiya), Ronald Kuman (Niderlandiya), Frank Raykaard (Niderlandiya), Paolo Maldini (Italiya), Juzeppe Jannini (Italiya), Lotar Matteus (GFR), Yan Vauters (Niderlandiya), Ruud Gullit (Niderlandiya), Janluka Vialli (Italiya), Marko van Basten (Niderlandiya).

Niderlandiya futbolchilari qayiq ustida chempionlik paradini o'tkazdi, bir million odam Amsterdam kanallari bo'ylab saf tortdi. Zavq bilan raqsga tushayotgan odamlarning og'irligi hisobiga kanal bo'yida joylashgan bandargohlar talafot ko'rib, qayiqlar va odamlar suvga g'arq bo'ldi.


Uchrashuvdan keyingi bayramlar Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri eng katta ommaviy bayram sifatida qabul qilindi.



Rossiyaga borishdan bosh tortgan Ispaniya, etakchilarsiz qatnashgan Franciya hamda bashoratchi shifokori bilan g'olib bo'lgan SSSR — ilk Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Di Stefano, Pushkash kabi futbolchilarni chaqirmagan chempion hamda kumush medallar uchun ishdan haydalgan murabbiy — ikkinchi Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Tanga tashlash orqali finalchi aniqlangan hamda hal qiluvchi o'yini qayta o'tkazilgan Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz 

"Mersedes" "Zaporojec"ni changida qoldirib ketdi — futbol murabbiyi bo'lishdan boshqa hamma ishni qilishga rozi bank mutaxassisi g'olib bo'lgan Evropa chempionatini yodga olamiz

"Panenka" zarbasi kashf etilgan hamda kashanda murabbiy bilan raqib libosi ostida kubok ko'targan Evro-1976 chempioni haqida hikoya qilamiz

Stadiondagi ur-to'polon, gaz ishlatgan policiya hamda Rim Papasining bashorati — janjallar girdobidagi mamlakat mezbonligida o'tgan Evropa chempionatini yodga olamiz  

Evro-1984. Bir taymda 9 gol urgan Ispaniya, Zidanga "kalla qo'yishni" o'rgatgan francuz hamda Konfuciy hikmatini aytib, chempionlikdan so'ng bosh murabbiylikdan ketgan mezbonlar ustozi haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика