Qaysi terma jamoalar JCH-2026 ishtirokchisiga aylanib ulgurishdi?
15 okt 2025 12:09
Yangiliklar
Qaysi terma jamoalar JCH-2026 ishtirokchisiga aylanib ulgurishdi?
Jahon chempionati-2026 ishtirokchilari ro'yxati kengaymoqda - hozircha 28 ta terma jamoa musobaqaga chiptasini qo'lga kiritdi.
Oktyabr oyida avval Misr, shundan so'ng Jazoir, Gana, Kabo-Verde, Janubiy Afrika Respublikasi, Qatar, Angliya, Saudiya Arabistoni, Kot-d’Ivuar va Senegal termalari final bosqichiga chiqishdi.
Sentyabrda esa Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash va Tunis termalari mundialga yo'l oldi.
Bundan oldin Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O'zbekiston, Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Ekvador va Braziliya termalari saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan edi.
Shuningdek, mezbonlar — AQSH, Kanada va Meksika — avtomatik ravishda musobaqada ishtirok etadi.
Jami 48 ta jamoa qatnashadigan chempionat kelasi yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Ha dòstlar silani DUOlariz va NIYATlariz samarasi bu asli .....
Xd xd xd))))))))