"Everton"ga qarshi o'yinda "Liverpul"ning ikki muhim futbolchisi o'ynamasligi mumkin
20 iyu 2020 11:50
Yangiliklar


"Everton"ga qarshi o'yinda "Liverpul"ning ikki muhim futbolchisi o'ynamasligi mumkin
Ertaga APL doirasida "Everton" va "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
Misrlik hujumchi Muhammad Salah va shotlandiyalik himoyachi Endryu Robertson "Everton"ga qarshi o'yin jamoaga yordam bera olmasliklari mumkin.
Har ikki futbolchida ham jismoniy holat bilan bog'liq muammo bor. 28 yoshli Salah joriy mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 6ta assist qayd etdi. 26 yoshli Robertsonning hisobida esa 28ta o'yinda, 1ta gol va 7ta assist bor.
Eslatib o'tamiz, "Everton" va "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga "Gudison Park"da bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar