"Everton" Xamesni sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2021, 00:55
Liverpulning "Everton" klubi kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesni sotmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, Angliya klubi futbolchini transferga qo'yish haqida ogohlantirdi. Umuman olganda, "irislar"da hozircha kolumbiyalik bo'yicha takliflar yo'q.

30 yoshli Rodriges o'tgan mavsumda "Everton" uchun 26 uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan kelishuvi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Liverpool Echo