"Everton" va Uels termasining sobiq darvozaboni vafot etdi
10 fev 2021 22:30
Yangiliklar


"Everton" va Uels termasining sobiq darvozaboni vafot etdi
Faoliyati davomida bir qator ingliz klublari va Uels terma jamoasida o'ynagan Uilyam Deyvis olamdan o'tdi, deya xabar tarqatdi "Everton" rasmiy sayti.
Marhum 72 yoshda edi. Unga 2020 yilning iyun oyida oshqozon osti bezining saratoni tashxisi qo'yilgan.
Deyvis 1970-1977 yillarda "Everton" darvozasini qo'riqlagan. SHuningdek, turli yillarda "Suonsi", "Reksxem", "Tranmir Rovers" va "Bangor Siti" jamoalari sharafini himoya qilgan posbon Uels milliy terma jamoasi libosida 52 ta uchrashuv o'tkazgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar