So’nggi yangiliklar

Neapolliklar chempionlik sari dadil odimlamoqda: 21-tur yakunlari Yangiliklar

Neapolliklar chempionlik sari dadil odimlamoqda: 21-tur yakunlari

A Seriyada 21-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Inter" derbida "Milan"ni taslim etdi 

Inzagi shogirdlari o'yinni ancha faol boshlashdi. 5-daqiqada Lautaro jarima maydonchasi hududidan yaxshi zarba yo'lladi, Teterushanu jamoasini goldan qutqardi. Ko'p o'tmay, forvard SHkrinyarning uzatmasidan keyin chaqqonroq harakat qildi, ammo mo'ljalda adashdi. "Inter" chindan xavfliroq hujum qilar va vaziyatlar yaratardi. CHalxanog'lu burchak zarbasidan to'g'ridan-to'g'ri zarba yo'llashga qaror qildi, Teterushanu bunga ham tayyor edi. Yana bir necha daqiqa o'tib, CHalxanog'lu burchak zarbasidan ajoyib uzatmani amalga oshirdi va Lautaro himoyachidan qochib, burchakka aniq zarba berdi. Birinchi bo'lim davomida "Milan" hujumda deyarli hech nima qila olmadi, "Inter" esa tanaffusga zarbalar bo'yicha (9-0) ustunlikka ega bo'lib chiqib ketdi.

Tanaffusdan keyin "Inter" yana oldinga tashlandi. Avvaliga o'tkir burchakdan Dimarko zarba yo'lladi, keyin Jekoning uzatmasidan so'ng Lautaro zarba yo'lladi va Teterushanu epizod qaxramoniga aylandi. "Milan"ning baxtiga biroz faollashdi va 70-daqiqadan keyin ustunlikni o'z tomoniga og'dirib, hujumlar sonini oshirdi. Jiruda yaxshi vaziyat bo'ldi, ammo Bastoni yaxshi harakat qilib, xavfni bartaraf etdi. Dias yaqin burchakka yaxshi zarba yo'llagandi, Jiruda yana bir imkoniyat jarima zarbasidan bo'ldi, lekin francuzning zarbasi qovushmadi. O'yin so'nggida Lukaku to'pni Martinesga tashladi, jahon chempioni esa uni darvozaga joylab qo'ydi. Biroq texnologiyalar millimetrlik ofsaydni qayd etdi. Natijada, "Milan" qolgan daqiqalarda tempni oshirishib, uchrashuvni "qutqarishlari" mumkin edi. Lekin amalda bunday bo'lib chiqmadi va Pioli jamoasining omadsiz seriyasi davom etadi.


"Speciya"ning kuchi faqat bir taymga etdi

 "Speciya" o'yinni dadil boshladi va 3-daqiqadayoq Agudello zarba berishga imkon topdi. Ko'p o'tmay, Kaldara o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishiga sal qoldi. Uning baxtiga to'p Ruyning uzatmasidan keyin himoyachiga tegib, ustunning yonginasidan o'tib ketdi. "Napoli" sekin-asta ustunlikni o'z qo'liga oldi va vaziyatlar yarata boshladi. Burchak zarbasidan keyin Rraxmani zarba berdi, bo'lim oxiriga yaqin Xvicha yaqin burchakni aniq nishonga ola bilmadi. 

Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilanoq Osimxen markazdan to'pni Politanoga tashladi, himoyachi Reka esa juda oddiy vaziyatda to'pni qo'li bilan o'ynadi. Natijada penalti va Xvicha ishonchli tarzda undan foydalandi. Bunga Verde gol bilan javob berishi mumkin edi, biroq futbolchining zarbasidan keyin to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi. "Napoli" esa vaziyat yaratishda davom etardi. Bu borada Xvicha ayniqsa ajralib turardi. Avval vinger yaqin burchakka kuchli zarba yo'lladi, darvozabon Drangovskiy jamoasini qutqardi. Keyingi epizodda esa aynan Kvaracxeliyaning uzatmasidan keyin darvozabon xatoga yo'l qo'ydi va Viktor Osimxen boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Karaxt holatdagi "Speciya" himoyasi yana xatoga yo'l qo'ydi, Xvicha o'zi zarba berishi mumkin bo'lsa ham, to'pni Osimxenga uzatdi va Viktor dubl rasmiylashtirdi. O'yin so'nggida Vishnevski "Speciya"ni yirik hisobdagi mag'lubiyatdan qutqarishi mumkin edi, biroq uning zarbasini Meret qaytardi. 

"Napoli" navbatdagi g'alabadan keyin chempionlik sari yana bir qadam tashladi, "Speciya" esa koncentraciya borasida jiddiy ishlashi zarur. Sababi "Napoli" mezbonlarning o'ta qo'pol xatolaridan keyin gollar urib ketdi.


"Roma" "Empoli"ni mag'lub etdi

Bu to'qnashuvda ko'p narsa 2 daqiqadayoq malum bo'ldi, Dibalaning burchakdan uzatmasidan keyin Ibanes erga bir sapchigan to'pni davrozaga joylab qo'ydi. Yana 4 daqiqa o'tib, Dibalaning yana bir uzatmasidan keyin Temmi Abraxam to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. Bu qadar qisqa vaqt oralig'ida ikkita deyarli bir xil gol A Seriyada juda noyob xodisa. Ko'p o'tmay, Dibala o'zi ham gol urishi mumkin edi. Biroq himoyachini aldagan Paulo darovzani nishonga olishda adashdi. Navbatdagi burchak zarbasidan keyin "Roma" yana gol urishga yaqin edi. Biroq bu safar Abraxamning zarbasidan keyin Vikario jamoasini qutqardi. "Bo'rilar" standartlari bilan raqibni tahlikaga tushirib qo'yaverdi. Uzatmadan keyin Abraxam yo'llagan to'p ustunning yonginasidan o'tib ketdi. Faqatgina taym oxirida "Empoli" biroz o'ziga keldi, lekin Ruy Patrisio Kaputoning zarbasini osonlik bilan bartaraf etdi.

Tanaffusdan keyin ilk etiborga loyiq vaziyat Vikario ijrosida bo'ldi. Raqib hujumi chinakamiga kiperning benefisiga aylanib ketdi. Avvaliga Pellegrinining zarbasi, keyin qaytgan to'pga Manchinining birinchi etib kelib, zarba berdi, uchinchi zarbda Abraxam yo'llagan to'pni oyoqlari bilan qaytarishni uddaladi. Bularning barchasi bir hujumda, bir necha soniyada yuz berdi. Marin oradagi farqni qisqartirish uchun imkoniyatga ega bo'ldi, lekin uning chalqancha zarbasi darvozadan biroz yuqorilab o'tib ketdi. "Empoli" oxirgi daqiqalarda chindan bosimni oshirishga urindi, ammo "Roma" so'nggi daqiqalarni asabiy ruhda o'tishiga yo'l qo'ymadi va ishonchli g'alabani tantana qildi. 


"Yuventus" yirik g'alabaga erishdi

O'yin startida jamoalar ancha sust ko'rindi. "Yuventus" biroz ko'proq hujum uyushtirar, lekin bu ham raqib himoyasini tashvishga solish uchun sezilarli ravishda kam edi. Agarda 24-daqiqada Kavilya jarima maydonchasida Mirettini qo'pollik bilan yiqitmaganda, uchrashuv qanday davom etishi katta so'roq ostida edi. Penaltini amalga oshirgan Vlaxovich kiperga imkon qoldirmadi. O'yin biroz tinchlandi va bo'lim so'nggida yana temp oshdi. Vlaxovich to'pni erga tushirmay darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi, ammo to'p Kostichga borib tushdi va yarim himoyachi yaqin masofadan Ochoani dog'da qoldirdi. Yana ikki daqiqa o'tib Lokatelli hisobni yiriklashtrishi mumkin edi, biroq omadi kelmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan Kavilya salbiy tomondan yana o'zini ko'rsatdi. Uning qaltis uzatmasini Fajoli ilib ketdi va to'pni Vlaxovichga etkazdi, Dushan esa darvoza burchagini ustalik bilan nishonga oldi. "Salernitana" Dianing uzatmasidan keyin Kulibali bo'sh qolgan darvozani aniq poylay olmadi. "Yuventus" ham baxtini hujumdan izlardi, Vlaxovichning uzatmasidan keyin Di Mariya to'sinni nishonga oldi. "Dengiz otlari" taslim bo'lishni istamasdi va kurashni davom ettirdi. Jamoa uzoq masofalardan ko'p zarba berishga urinardi. O'yin oxirida Moyze Kinda imkoniyat bo'ldi, ammo yana ustun.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика