Eshitdik-da! U-16 va U-19 Osiyo chempionatlari bekor qilinadi, Jahon chempionatlari ham...
15 dek 2020 20:42
Yangiliklar


Eshitdik-da! U-16 va U-19 Osiyo chempionatlari bekor qilinadi, Jahon chempionatlari ham...
Koronavirus futbol musobaqalarga tasir qilishda davom etadi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, OFK 2021 yilga ko'chirgan U-16 va U-19 Osiyo chempionatlarini bekor qiladi. 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati mart oyida O'zbekistonda bo'lib o'tishi kerak edi.
O'z navbatida FIFA ham Peruda o'tishi kerak bo'lgan U-17 va Indoneziya mezbonlik qilishi lozim bo'lgan U-20 Jahon chempionatlarini bekor qilishi kutilmoqda.
Malumot uchun, O'zbekiston U-16 terma jamoasiga Olim SHokirov, U-19 terma jamoasiga Timur Kapadze murabbiylik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar