Eshitdik-da! Toshkentda bo'lib turgan Filippin klubi azolari koronavirus bilan kasallanishgan
10 iyu 2021 12:56
Yangiliklar
Eshitdik-da! Toshkentda bo'lib turgan Filippin klubi azolari koronavirus bilan kasallanishgan
Ertaga va indinga so'nggi 6-tur bahslari o'tkaziladi. O'tgan turda Filippinning "Yunayted Siti" klubi Xitoyning "Beyjing Goan" klubiga qarshi o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Etiborlisi ushbu bahsda "Yunayted Siti" zaxirasida oldingi turlarda bo'lgani kabi 10 emas 5 nafar futbolchi bor edi.
"Yunayted Siti" - "Kavasaki Frontale" uchrashuvi qaydnomasi:
"Beyjing Goan" - "Yunayted Siti" uchrashuvi qaydnomasi:
Bugungi o'yinoldi matbuot anjumaniga "Yunayted Siti" klubi bosh murabbiyi ham, futbolchisi ham tashrif buyurmadi. OFK Filippin klubiga reglamentda belgilanganidek jarima soladi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Yunayted Siti" klubi azolari koronavirus bilan kasallanishgan. Bu haqda OFK ham, boshqa tashkilotlar ham xabar berishmagan. Eslatib o'tamiz, "Yunayted Siti" ertaga Janubiy Koreyaning "Tegu" klubiga qarshi o'yinni o'tkazishi lozim. Biroq mazkur bahs o'tadimi yoki yo'q hozircha nomalum.
United City |
AFC Champions League Grp. I . 6-tur 11/07/2021, 18:00 4
:
0
Tugadi
|
Daegu FC Tsubasa Nishi - 37', Keun-Ho Lee - 48', Edgar - 58', Chi-In Jung - 73' |
Fikrlar