Eshitdik-da! "Surxon"dan yana bir yurish. Jamoa osiyolik darvozabon olib kelmoqda
13 dek 2022 22:31
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Surxon"dan yana bir yurish. Jamoa osiyolik darvozabon olib kelmoqda
Superliga klublari allaqachon yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonini boshlab yuborishgan. Biroz avval "Eshitdik-da" rukni orqali Termizning "Surxon" klubi tajribali markaziy himoyachi Anzur Ismoilov bilan kelishib olgani haqida malum qilgan edik.
Eshitdik-da! "Surxon" Anzur Ismoilov bilan kelishuvga erishdi
Termizliklar endi darvoza chizig'iga osiyolik o'yinchini olib kelishmoqda. "Surxon" Suriya terma jamoasining uzoq yillik kiperi Ibrohim Alma bilan muzokaralar olib bormoqda. Hozircha tomonlar og'zaki kelishuvga erishishgan.
31 yoshli darvozabon Suriya terma jamoasida 71ta o'yin o'tkazgan. Paytida Eronning "Sepaxon", Saudiyaning "Ash-SHabab" klublarida to'p tepgan. Uning oxirgi jamoasi Suriyaning "Jableh"i hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar