Eshitdik-da. Robert Gay “CHust-Paxtakor”dan ham ketib qolgan
04 iyu 2014 15:41
Yangiliklar
Eshitdik-da. Robert Gay “CHust-Paxtakor”dan ham ketib qolgan
Birinchi davra o'yinlari poyoniga etmay oliy liga vakili “Andijon” bilan xayrlashgan Robert Gay oradan ko'p o'tmay sobiq jamoasi “CHust-Paxtakor”ga borgandi.
Birinchi liga ishtirokchisi bo'lgan ushbu jamoada ham Robert Sergeevich uzoq vaqt ishlamadi. Olingan malumotlarga ko'ra, murabbiy ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin CHustga bormay qo'ya qolgan. Aytishlaricha Gay “CHust-Paxtakor” bilan hech qanday shartnoma imzolamagan. U faqat o'zaro kelishuv asosida yordam berish istagi borligini bildirgan. Biroq murabbiy uchun hammasi aksincha bo'lib chiqdi va Gay u erdan ham ketishga qaror qilgan.
Aytish lozimki, o'tgan yili kurashchan jamoa sifatida shakllangan “CHust-Paxtakor” bu yil muxlislarini quvontira olmadi. Mavsumga Vitaliy Legay boshchiligida tayyorgarlik ko'rgan chustliklar ikkinchi bosqich yo'llanmasidan nazariy jihatdan quruq qoldi. Endi bu jamoa asosiy etiborini pulka bahslariga qaratadigan bo'ldi.

Fikrlar