Eshitdik-da! Predrag Rogan - "Dinamo" bosh murabbiyi

Tolibjon Qosimov
28 dek 2021
Yodingizda bo'lsa, 17 dekabr sanasida "Dinamo" klubi Hakim Fuzaylov bilan xayrlashgani haqida xabar chiqqan edi.

Superligaga olib chiqqan murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi bo'lgan "Dinamo" Hakim Fuzaylov bilan do'stona xayrlashdi

Shu yilning 19 noyabrida samarqandliklarni serbiyalik murabbiylar boshqarishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! "Dinamo"da serbiyalik murabbiylar ish boshlashi mumkin

O'sha xabar tasdiqlanish arafasida.

"Championat.asia"ga ma'lum bo'lishicha, "Dinamo"ni Predrag Rogan boshqaradi. Tomonlar o'zaro bir yillik kelishuvga erishishgan. Rogan bilan birga Samarqandda yana bir serb Ivan Yevich ham ish boshlash arafasida.

Ularning yurtimizda ish boshlashi bevosita "Paxtakor" sobiq sardori Boyan Miladinovich bilan bog'liq.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia