Eshitdik-da! "Navbahor"ga 24 yoshli hujumchi kerak
06 avg 2021 13:24
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Navbahor"ga 24 yoshli hujumchi kerak
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan keyin "qaldirg'och"lar ustozi SHuhrat Maqsudov bazi shogirdlariga mahalliy klublarning taklif bilan chiqayotganidan noligan edi.
Championat.asia'ga malum bo'lishicha, Namanganning "Navbahor" jamoasi "Bunyodkor" forvardi Mirjahon Mirahmadovga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi bilan muzokara o'tkazilayotgani to'g'risida "qaldirg'ochlar" ogohlantirilgan. Malumot uchun, 24 yoshli hujumchining Toshkent klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning oxirida yakunlanadi. U Superliganing joriy mavsumida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
SHuningdek, "Navbahor" Nurillo To'xtasinovga ham qiziqish bildiryapti. Uning "Bunyodkor" bilan amaldagi mehnat bitimi 2021 yilning dekabriga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar