So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  7 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  10 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

Farg'ona viloyati hokimi Qo'qon 1912 futbol klubi markaziy o'yingohida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi Yangiliklar

Farg'ona viloyati hokimi Qo'qon 1912 futbol klubi markaziy o'yingohida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Xayitboevich Bozarov Qo'qon-1912 jamoasiga qarashli markaziy stadionga tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad bu yilgi superliga musobaqasida viloyatimiz sharafini himoya qiladigan «Qo'qon-1912» jamoasining mavsumga tayyorgarlik jarayonlari, stadionda yaratilgan sharoitlar va kamchiliklarni o'rganib, to'planib qolgan muammolarni bartaraf qilish bo'ldi.

Viloyat hokimiga Qo'qon shahar xokimi Marufjon Usmonov hamda viloyat sektorlarining rahbarlari va boshqa masul tashkilotlar rahbarlari hamroh bo'lishdi.

«Qo'qon-1912» jamoasi rahbari Akramjon Mamadaliev viloyat hokimini stadionda bajarilgan va bajarilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish bilan birgalikda, O'zPFL talablarini bajarish yo'lida duch kelinayotgan muammolarni batafsil tushuntirib o'tdilar. Stadion yoritgichlarini talab darajasiga keltirish, yugurish yo'lakchasini suniy chim bilan qoplash, kiyim almashtirish xonalari hamda koridorlarni sport releniumi bilan qoplash, maydon chimiga ishlov beruvchi texnikalar xarid qilish, stadion atrofini yangitdan asfaltlash, elektron tabloni yangilash kabi masalalar jamoa rahbariyati tomonidan ko'tarildi.

Viloyat xokimi o'tgan davr mobaynida «markaziy» stadionda qilingan ishlarga yuqori baho berish bilan birgalikda, yana qilinishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan maslahatlarini berib o'tdi.

«Markaziy» stadionda bo'lib o'tgan yig'ilishda X. X. Bozarov yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish yuzasidan masullarga topshiriq berib, «Qo'qon-1912» jamoasi bu yilgi futbol mavsumini o'z muxlislari qarshisida o'tkazishi lozimligini takidlab o'tdilar. SHuningdek viloyat xokimi tomonidan jamoaning moliyaviy tomondan qo'llab quvvatlash borasida ham masul rahbarlarga ko'rsatma va topshiriqlar berildi. Jamoa tarkibini yoshartirish, mahalliy yoshlarga etibor berish, futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilash borasidagi ishlar olib borilishi lozimligi aytib o'tildi. Qo'qonda raqobatbardosh jamoa shakllantirish, mehmonga kelgan har qanday jamoaga qarshi munosib o'yin ko'rsatadigan, asosiysi muxlislarni o'z o'yinlari bilan xursand qiladigan jamoa tuzish lozimligi takidlandi.

Tashrif so'nggida klub rahbari Akramjon Mamadaliev tomonidan Farg'ona viloyati hokimiga «Qo'qon-1912» jamoasining yangi mavsumda maydonga kiyib tushadigan libosi taqdim etildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика