Rasman. Manchester Yunayted qishdagi ilk xaridini amalga oshirdi
02 fev 16:40
Yangiliklar
Rasman. Manchester Yunayted qishdagi ilk xaridini amalga oshirdi
Manchester Yunayted qishki transfer oynasidagi ilk xaridini amalga oshirdi.
«Qizil iblislar» «Lechche» himoyachisi Patrik Dorgu bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 4,5 yilga mo'ljallangan. Ushbu transferdan Italiya klubi 30 million evro ishlab oladi.
Futbolchi "Lechche" safida 57ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali Dorguni 20 million evroga baholamoqda.
Fikrlar