"Navbahor"ning BAAda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadigan barcha raqiblari malum
30 jan 2025 20:10
Yangiliklar
"Navbahor"ning BAAda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadigan barcha raqiblari malum
Avvalroq xabar berganimizdek, "Navbahor" azolari bugundan qishki o'quv-mashg'ulot yig'inining ikkinchi bosqichini o'tkazish uchun BAAning Dubay shahriga uchib ketishdi.
Ushbu yig'in 11 fevralga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Unda asosiy etibor o'yin amaliyotiga qaratiladi va 5 ta nazorat-sinov uchrashuvlari o'tkaziladi.
“Lochinlar”ning BAAdagi barcha sparring raqiblari hamda o'yinlar sanalari malum bo'ldi va quyidagicha ko'rinishda:
1 fevral. “HNK Vukovar 1991” (Vukovar, Xorvatiya)
3 fevral. “Rodina” (Rossiya, Moskva)
4 fevral. “Urartu” (Erevan,Armaniston)
6 fevral. “CHengdu” (CHengdu, Xitoy)
9 fevral. “Royal” (Dubay, BAA).
BAAdagi mashg'ulotlarda futbolchilarga kuch-quvvat, bo'lajak nazorat-sinov bahslarida esa omad yor bo'lishini tilaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar