Eshitdik-da! "Lokomotiv"da 20 yoshli futbolchi jamoa sardori bo'ldi
06 sen 2022 22:22
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Lokomotiv"da 20 yoshli futbolchi jamoa sardori bo'ldi
"Lokomotiv" jamoasida sardor o'zgardi.
Kaxi Maxaradze bilan bog'liq voqeliklardan so'ng jamoa bosh murabbiyi Server Jeparov tabiiyki jamoa sardorini o'zgartirishi kerak edi. Bizga kelgan malumotlarga qaraganda "Dinamo"ga qarshi o'yinda sardor sifatida Nurmuhammad Toshpo'latov "Lokomotiv"ni maydonga olib tushadi.
SHu orqali o'zbek futbolining afsonaviy 8-raqami sohibi Server Jeparov "Lokomotiv"ning 8-raqamli markaziy yarim himoyachisini sardor sifatida tanlab olgan.
"Lokomotiv" - "Dinamo" uchrashuvi 10 sentyabr kuni soat 19:00da start oladi.
Fikrlar