Eshitdik-da! Amet Memet sobiq jamoasiga qaytmoqda
10 dek 2014 12:26
Yangiliklar

Eshitdik-da! Amet Memet sobiq jamoasiga qaytmoqda
Yurtimizda ishlagan ukrainalik murabbiy shu kunlarda Toshkentga keladi.
Muxlislarga Amet Abdullaevichni ortiqcha tanishtirib o'tishning hojati bo'lmasa kerak. Boisi "Navbahor", "Mashal", "Bunyodkor", "Andijon", "Neftchi" kabi jamoalardagi faoliyati orqali ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lib ulgurgan murabbiydir. Memet so'nggi paytlarda ishsiz yurgandi. SHu bois unga "Bunyodkor"dan taklif bo'ldi. Xabaringiz bor, qaldirg'ochlar murabbiylar shtabida sezilarli yo'qotishlar yuz berdi. Aleksandr Volkov terma jamoada faoliyat yuritadigan bo'ldi.
Aleksandr Mochinov va Anatoliy Kurlaev esa "Buxoro"dan tushgan taklifni qabul qildi. Yordamchi murabbiylardan Muhiddin Ortiqov va Abdusattor Rahimov qolgandi xolos. SHu bois bosh murabbiy Sergey Lushan o'z yoniga tajribali Amet Memetni olishni maqul topdi. Aslida Amet Abdullaevich uchun "Bunyodkor" begona emas. CHunki u ilgari ham ushbu klubda ishlagan va etarli tushunchaga ega.

Fikrlar