So’nggi yangiliklar

13:59"Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги рақиблари аниқланмоқда  1 13:30Мак Аллистер Англия чемпионлигини қўлга киритиш Чемпионлар Лигасида ғалаба қозонишдан кўра қийинроқ эканини айтди  2 13:02ПФЛ техникаси водийнинг 4 та шаҳрида синовдан муваффақиятли ўтди  0 12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  22 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  3 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  3 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  8 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  6 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  11 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  16 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  5 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  3

Ertangi oqshomda navbatdagi "klasiko". So'ngi 5 ta qarama-qarshilik natijalari, eng yaxshi to'purarlar va yashirin qurollar (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Ertangi oqshomda navbatdagi "klasiko". So'ngi 5 ta qarama-qarshilik natijalari, eng yaxshi to'purarlar va yashirin qurollar (Bekzod Tolibov blogi)

Ertaga navbatdagi "el-klasiko" borligini futboldan ozgina xabari bor kishi bor-ki, biladi.

"Klasiko" atamasi kelib chiqish tarixiga nazar solsak, o'zaro eng ko'p to'qnash kelgan va hech qachon quyi ligaga tushib ketmagan klublar o'rtasidagi to'qnashuvlarga nisbatan qo'llaniladi. Bilasiz, Ispaniya La-ligasida aynan shunday maqomga ega 3 ta klub bor - "Real Madrid", "Barselona" va "Atletik Bilbao". Ammo, dunyo har doim "Real" va "Barsa" o'rtasidagi to'qnashuvni kutadi va aynan "el-klasiko" nomiga ushbu jamoalar o'rtasidagi qarama-qarshilikni munosib ko'radi. "Real Madrid" - "Atletik Bilbao" yoki "Barselona" - "Atletik Bilbao" uchrashuvlarida ertangi o'yin kabi daraja bo'lmaydi. Baribir "Real" - "Barsa" to'qnashuvi mutlaqo boshqa daraja, butun dunyo muxlislarini o'ziga jalb eta oladigan va kerak bo'lsa ikkiga ajratib qo'yadigan uchrashuv. 

So'ngi 5 ta "el-klasiko"larda qayd etilgan natijalarga razm solsangiz, ustunlik madridliklar tomonida ekani ko'rinadi. 1:3 ("Real" foydasiga), 2:1 ("Real" foydasiga), 1:2 ("Real" foydasiga), 2:3 ("Real" foydasiga) va 0:4 ("Barselona" foydasiga). Gap albatta rasmiy o'yinlar haqida ketayapti. Guvohi bo'lganingizdek, kataloniyaliklar Xavi boshqaruvida rasmiy o'yinlarda bir bor "Real" bilan to'qnash kelishgan va azaliy raqiblari darvozasisha javobsiz 4 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lganlar. Demak, so'ngi "klasiko" bo'yicha ruhiy ustunlik "Barsa" tomonida.


"El-klasiko"lar tarixida eng ko'p gol kiritgan futbolchi Leo Messi, uning hisobida 26 ta gol (42 o'yin) bor. Undan keyingi o'rinda o'zining azaliy raqibi Ronaldu turibdi -  18 ta (30 o'yin) gol. Xuddi shuncha gol afsonaviy Alfredo Di Stefano (30 o'yin) hisobida ham mavjud. Keyingi o'rinlarni Raul Gonsales 15 ta (37 o'yin) gol, Ferenc Pushkash 14 ta (18 o'yin) gol bilan egallab turishibdi.

Xavi - iqtidor, Anchelotti esa - professor. Ularning ikkisi ham allaqachon bunday nomlarga munosib ekanliklarini isbotlab bo'lishgan. Mirjalol Qosimov - haq, futbolda oldindan bashorat qilish noto'g'ri. Masalan CHempionlar ligasida "Bavariya" o'z maydonida "Viktoriya Plzen" bilan to'qnash kelsa, shu o'yinda mehmonlar g'alabasini taxmin qilgan kishi axmoqqa o'xshab ko'rinadi. Ammo 90 daqiqalik bahs yakunida har qanday kutilmagan natija qayd etilishi mumkin. Ertangi oqshomda bizni natijasini oldindan taxmin qilish qiyin bo'lgan super to'qnashuv kutib turibdi. Albatta har kim o'zi muxlislik qiladigan jamoa g'alabasini kutaveradi. Anchelotti - Xavi qarama-qarshiligida shaxmat sport turi kabi taktik chizgilar katta sahnaga chiqishi turgan gap. Hozir hamma joyda Levandovskiy va Benzema haqida gap ketayapti, o'yin afishalarida ham aynan ularning qiyofasi namoyon bo'lmoqda. Ammo, murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan rejada ertangi uchrashuvning asosiy qahramonlari boshqa futbolchilar bo'lishi ham mumkin. Masalan men ertaga "Real"da Valverde, "Barselona" esa Pedrining porlashini kutayapman. Yashirin qurollar aynan ular bo'lishi mumkin.

Sizning bu boradagi fikringiz qanday? Marhamat, izohlarda o'z fikringizni qoldiring. Bunday o'yinlar haqida har qancha gapirsa arziydi.


Bekzod Tolibov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика