So’nggi yangiliklar

00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  1 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  8 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  4 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  17 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  6 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0 19:39Рамос: "Беш йилдан кейин Мбаппе 4-5 та "Олтин тўп"га эга бўлади"  14 19:15Ди Мария: "Бока Хуниорс" мухлисларининг ҳуштакбозлиги? Бу – футбол, ҳаммасини тушунамиз"  1 18:48Фаластинлик футболчи Исроил ҳужуми оқибатида ҳалок бўлди  14 18:21Роналду Трампга дастхати туширилган либосини ҳадя қилди  13

"Ertangi kun sporti". Temur Olimxo'jaev: "Musobaqadagi maqsadimiz chempionlik" Yangiliklar

"Ertangi kun sporti". Temur Olimxo'jaev: "Musobaqadagi maqsadimiz chempionlik"

Bugun Toshkent shahrida "Ertangi kun sporti" xalqaro musobaqasi start olgani haqida xabar berdik.

Musobaqaning ilk uchrashuvida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Turkmaniston o'smirlari ustidan 5:1 hisobida ustun keldi. Biz o'yin tugagach O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaevning fikrlari bilan qiziqdik.



"Avvalo bu musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman. Osiyo qitasining eng kuchli jamoalari ishtirokidagi musobaqa biz uchun ayni muddao bo'ldi. Xabaringiz bor, sentyabr oyida Hindistonda U16 Osiyo chempionatida o'tkaziladi. Bizning jamoa mana shu turnirga tayyorgarlikni bugungi o'yin bilan boshladi. Menimcha yildagi dastlabki uchrashuv uchun yomon o'ynamadik. Bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazib oldik, bundan tashqari o'yin taktikasida ham o'zgarishlarni amalga oshirib sinab ko'rdik. Eron va Yaponiyaga qarshi uchrashuvlarga yanada kuchliroq tayyorgarlik ko'ramiz. Bu musobaqadagi maqsadimiz g'olib bo'lish".

"Hindistondagi Osiyo chempionatigacha 6 oy vaqt qolmoqda. Terma jamoa eshigi barcha futbolchilar uchun ochiq. Yani hozirda tarkibda yo'q futbolchilar o'zlarini ko'rsatishsa qita chempionatiga borishlari mumkin. Barchasi ularning o'z qo'llarida. O'sha paytga borib kim tayyor bo'lsa o'sha Hindistonga boradi. Bizda sog'lom raqobat, kuchlimisan marhamat maydonga tush va o'yna. Hindistonga Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun boramiz", - deydi Temur Olimxo'jaev.


Narzulla Saydullaev
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика