Errera sobiq klubiga qaytmoqchi emas
11 iyu 2018 13:43
Yangiliklar
Errera sobiq klubiga qaytmoqchi emas
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera "Atletik"dan yaxshi taklif olganiga qaramay, ispan klubiga qaytmoqchi emas.
Malumotlarga ko'ra, "Atletik" xavbekka yillik maoshi 4 mln. evrolik bitim taklif qilgan. Ayni damda ispan klubida bunday maosh oladigan futbolchi yo'q, biroq Errera taklifni rad etdi.
Errera 2014 yilda "Atletik"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. So'nggi mavsum u Angliya Premer-ligasining 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta golli pas berdi.
Fikrlar